calendar 09 Oct 12:40
eye 12
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xorazmda umumtaʼlim maktablariga shaxmat taxtalari topshirildi

image
Odilbek Odamboyev/'Xalq soʻzi'. Yaqinda Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 189 ta jamoa orasida 3-oʻrinni egalladi. Bu yurtimizda sportning shaxmat turiga, iqtidorli yosh shaxmatchilarni tarbiyalashga qaratilayotgan eʼtibor natijasidir. 'Aql gimnastikasi' deb taʼrif beriladigan ushbu sport turini rivojlantirish borasida Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Viloyatda mamlakatimiz Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 'Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori ijrosi doirasida oʻsib kelayotgan yosh avlodni sportning ushbu turiga qiziqishlarini oshirish va intellektual salohiyatini yuksaltirish, 'maktabda shaxmat' loyihasini amalga oshirish maqsadida viloyatdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablariga 5700 dona shaxmat taxtalari topshirildi. Maktablarda maxsus shaxmat xonalari tashkil qilinib, mashgʻulotlarga taniqli grossmeysterlar jalb qilinmoqda.



' Maktabimizda shaxmat toʻgaragi uchun maxsus xona tashkil qilib oʻquv qoʻllanmalari, shaxmat taxtasi, soati va boshqa zarur anjomlar bilan jihozladik, ' deydi Urganch shahridagi 29-sonli maktab direktori Azamat Madaminov. 'Boshlangʻich sinflarga jismoniy tarbiya darslarida shaxmat sirlari ham oʻrgatilmoqda. Taniqli grossmeysterlarni taklif qilgan holda oʻtkazilayotgan 'Shaxmat haftaligi' tadbirlari oʻquvchilarimizda shaxmatga boʻlgan qiziqishni yanada oshirmoqda.

' Maktablarda shaxmat sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yaqin kelajakda albatta, oʻz samarasini beradi, ' deydi taniqli grossmeyster, shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Nodirbek Yakubboyev. ' Taʼlim maskanlarida oʻtkazilayotgan shaxmat turnirlari mehmoni sifatida qatnashib, yoshlarga ragʻbat berayotganimdan xursandman.



Joriy yilda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan mamlakat chempionatlarida Xorazm viloyati vakillari 6 ta oltin, 6 ta kumush va 8 ta bronza medallarni qoʻlga kiritdi. Xiva shahrida har yili al-Beruniy xalqaro shaxmat turniri va 'Turizm va shaxmat' haftaligini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Shaxmat sirlarini oʻrganish borasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar kelgusida xalqaro turnirlarda medallar shodasi yanada kengayishiga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:36
 
36
0
xs.uz

Uzunlikka sakrash boʻyicha Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir kumush medalini qoʻlga kiritdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Maʼlum boʻlishicha, erkaklar oʻrtasida T12 uzunlikka sakrash bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan Doniyor Soliyev 7,16 metr natija qayd etgan sportchi kumush medalni qoʻlga kiritdi.Qayd etish kerakki, ushbu sport turida 7,27 metr natija qayd etgan ozarbayjonlik sportchi oltin medalni qoʻlga kiritdi.Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Doniyor Soliyev 'Rio'2016' O

09 Oct 12:40
 
7
0
xs.uz

Oʻzbekiston futzal jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi

Oʻzbekiston futzal terma jamoasini boshqargan ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes mamlakatdagi murabbiylik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, kecha, 7-oktyabr kuni OʻFA rahbariyati hamda bosh murabbiy qatnashgan yigʻilishda milliy jamoaning Oʻzbekistonda oʻtgan musobaqadagi ishtiroki tanqidiy koʻrib chiqilgan. Yigʻilish avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga term

24 Aug 17:27
 
33
0
xs.uz

“Real Madrid” 12 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Belarus futbolchisi Aleksey Mayorov 2012-yilda tugʻilgan va u 'Dinamo' klubining 1980-yillardagi yarim himoyachisi Aleksandr Kistenning nabirasi.Nashrga koʻra, LaLiga klubi 'Barselona' ham Mayorovni oʻz safiga qoʻshib olish niyatida boʻlgan. 'Barsa' klubi futbolchini qoʻshib olish uchun Kataloniya futbol federatsiyasi orqali taʼsir oʻtkazishga uringan. Shunga qaramay, Aleksey 'Real Madrid' akademiyasiga oʻtishni tanladi.Mayorov 'Real'ga qadar Ispaniyaning 'Serdanyola' jamoasida oʻynaga

03 Sep 21:36
 
40
0
xs.uz

Boburjon Omonov oltinchi oltin medalimizga mualliflik qildi — Fotoreportaj

Para yengil atletikachilarimizning navbatdagi medali uzoq kuttirmadi. F41 klassida yadro uloqtirish bellashuvlarida ishtirok etgan yurtdoshimiz Boburjon Omonov oltin medalga sazovor boʻldi. Paralimpiya oʻyinlarining ikki karra chempioniga aylangan andijonlik sportchimiz 14.32 metr natija qayd etib, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oʻzi oʻrnatgan rekordni yangilashga erishdi.Ushbu muvaffaqiyatdan keyin delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 4 tadan kumush va bronzani