calendar 09 Oct 12:40
eye 13
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston futzal jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi

image
Oʻzbekiston futzal terma jamoasini boshqargan ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes mamlakatdagi murabbiylik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati'xabar berdi.

Bildirilishicha, kecha, 7-oktyabr kuni OʻFA rahbariyati hamda bosh murabbiy qatnashgan yigʻilishda milliy jamoaning Oʻzbekistonda oʻtgan musobaqadagi ishtiroki tanqidiy koʻrib chiqilgan. Yigʻilish avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga terma jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, unga omad tilagan.

Xose Venansio Lopes Oʻzbekistondagi faoliyati davomida zavq bilan ishlagani, barcha mutaxassislar unga koʻmaklashganini aytib, kelgusida doʻstona aloqalarni saqlab qolib, har qanday yordamga tayyor ekanini aytgan. Shuningdek u OʻFA rahbariyatiga terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlash imkoniyat berilgani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Shu tariqa ispaniyalik mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi. Maʼlumot uchun, U bilan tuzilgan shartnoma Jahon chempionati oxiriga qadar imzolangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
11
0
xs.uz

Xorazmda umumtaʼlim maktablariga shaxmat taxtalari topshirildi

Odilbek Odamboyev/'Xalq soʻzi'. Yaqinda Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 189 ta jamoa orasida 3-oʻrinni egalladi. Bu yurtimizda sportning shaxmat turiga, iqtidorli yosh shaxmatchilarni tarbiyalashga qaratilayotgan eʼtibor natijasidir. 'Aql gimnastikasi' deb taʼrif beriladigan ushbu sport turini rivojlantirish borasida Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Viloyatda mamlakatimiz Prezident

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

Fargʻonada Odil Ahmedov futbol akademiyasi filiali ish boshladi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona viloyati futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalariga iqtidorli oʻyinchilar yetkazib berish hamda 'millionlar oʻyini'ga muxlislik borasida yurtimizda yetakchilar sirasiga kiradi.Ayni paytda isteʼdodli yoshlarni kashf etish orqali milliy terma jamoa hamda professonal futbol klublariga munosib vorislarni tayyorlash doimiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Mamlakatimizda keyingi yillarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, futbol maktablari va futbol aka

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin

Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parijning PSJ klubi oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgani maʼlum qildi. Bu haqda u oʻz X sahifasida yozdi.'PSJ braziliyalik himoyachi Markinosga oʻrinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod', deydi u.Shuningdek, 'Foot01' sayti oʻzbekistonlik futbolchini eʼtirof etgan va tez orada uni Yevropaning top-klublarida, jumladan, PSJda koʻrishimiz mumkinligini qayd etgan.'Abduqodir Husanov mavsu

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

Isroil Madrimov rasman “Usik—Fyuri 2” boks kechasida jang qiladi. Uning raqibi Ukrainadan

21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda 'Tayson Fyuri ' Aleksandr Usik 2' boks oqshomi doirasida boʻlib oʻtadigan barcha janglar maʼlum boʻldi. Gap shundaki, ushbu jang kechasining ikkinchi asosiy jangi aynan hamyurtimiz ishtirokida boʻlib oʻtadi. Bu haqda 'Matchroomboxing' xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, ushbu boks kechasidan 6 ta asosiy jang oʻrin olgan boʻlib, hamyurtimiz ancha kuchli raqibga qarshi ringga koʻtariladi.Ushbu kechada quyidagi janglar boʻlib oʻtadi