calendar 09 Oct 12:40
eye 17
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni 551 mingdan oshdi (+infografika)

image
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni kundan kunga oshib bormoqda. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 1-oktyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 551 ming 154 nafarga yetgan.

Taʼkidlash joizki, ushbu raqamlar 2024-yilning dastlabki 9 oyida 65 ming 370 taga koʻpaygan.

Yuridik shaxslar faoliyat turlari boʻyicha savdo eng yuqori koʻrsatgichga ega boʻlib, yuridik shaxslarning soni ushbu sektorda 144,1 mingtani tashkil etadi.

TOP-5 sohalar quyidagilar:

1) savdo ' 144,1 mingta

2) qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi ' 125 mingta

3) sanoat ' 64,7 mingta

4) qurilish ' 31,1 mingta

5) yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar ' 27,9 mingta.



Maʼlumot uchun aytish mumkinki, 9 oy mobaynida bank operatsiyalarini amalga oshirmagan va soliq hisobotlarini taqdim etmagan tijorat tashkilotlari avtomatik nofaol holatga oʻtadi. Shu sababli ham ayrim yuridik shaxslar ushbu roʻyxatdan oʻchirilgan.

Avvalroq, Statistika agentligi chet el kapitali asosida ishlayotgan korxonalar sonini ochiqlagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:22
 
24
0
xs.uz

“UzAutoMotors” bosh direktori jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, Andersson 'UzAutoMotors Powertrain' tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzlarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrmagan. Shu bois, unga nisbatan jarima koʻrinishidagi intizomiy jazo chorasi qoʻllangan.Qoʻshimcha qilinishicha, qaror ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish Jamiyatning Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori (I.Abdullayev) va Moliya direktoriga (I.Radjabov) yuklatilgan.Maʼlumot uchun, Bu Inge Andersson 2021-yil a

09 Oct 12:36
 
15
0
postda.uz

BIR-BIRIGA SUYANCH, HAMMASLAK

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Shahboz Ne’matjonov va uning turmush o‘rtog‘i, viloyat IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob-ma’lumotlar markazi yetakchi mutaxassisi, podpolkovnik Gulnoza Ne’matjonova bilan gurungimiz o‘z-o‘zidan qovushib ketdi. Ularning, ayniqsa, «agar farzandlarimiz ham shu kasbni tanlashsa xursand bo‘lamiz» degan so‘zlari qalbda o‘ziga xos to‘lqin hosil qildi. Bu o‘n besh yil davom

09 Oct 12:40
 
19
0
xs.uz

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni 551 mingdan oshdi (+infografika)

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni kundan kunga oshib bormoqda. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali xabar berdi.Qayd etilishicha, 2024-yil 1-oktyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 551 ming 154 nafarga yetgan.Taʼkidlash joizki, ushbu raqamlar 2024-yilning dastlabki 9 oyida 65 ming 370 taga koʻpaygan.Yuridik shaxslar faoliyat turlari boʻyicha savdo eng yuqori koʻrsatgichga ega boʻlib, yuridik shaxslarning soni ushbu sektorda 144,1 mingtani tash

20 Sep 00:22
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,11 soʻmga pastladi va 12 724,84 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 32,80 soʻmga oshib, 14 223,83 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,03 soʻmga tushib, 137,11 soʻmni tashkil qildi.