calendar 09 Oct 12:39
eye 44
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi

image
'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi doirasida quyidagilar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish; aholi bandligini taʼminlash dasturlarini shakllantirish, boʻsh ish oʻrinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga; kambagʻallikni qisqartirish; hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish; Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi. 2025-yil 1-dekabrgacha: - 50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50'100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bogʻ va uzumzorlar tashkil etiladi; - ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda 'bir kontur ' bir mahsulot' tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Feb 17:05
 
24
0
xs.uz

Jarima ballari 12 dan oshsa, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida yangi qonun qabul qilindi. 2025-yil 20-fevralda imzolangan 'Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida'gi Qonuni (OʻRQ-1033-son) yoʻl harakati qoidalari buzilishi holatlarini tartibga so

06 Mar 16:11
 
11
0
xs.uz

Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha oxirgi 4-yilda 65 pogʻonaga yuqoriladi

Global internet tezligini oʻlchash va tahlil qilish bilan shugʻullanadigan 'Ookla' tashkiloti Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda mobil internet tezligi boʻyicha katta koʻrsatkichlarga erishganini qayd etdi. Bu haqida 'OʻzA' maʼlum qildi.Unga koʻra, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 'MWC Barcelona ' 2025' Jahon mobil kongressi doirasida 'Ookla' tashkiloti prezidenti va bosh direktori Stiven Be, Strategiya boʻyicha bosh direktor Chip Strenj hamda tashkilotning Shimoliy Osiyo

31 Jan 15:20
 
49
0
xs.uz

Inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unga koʻra, inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro X.R.ning 'Monza' rusumli avtomashinasi salonidan tarkibida 'Tropikamid' moddasi mavjud boʻlgan 64 dona yelim idishda suyuqlik va 'Pregabalin' moddasi mavjud boʻlgan 19 dona oq-qizil rangli

09 Mar 06:33
 
5
0
xs.uz

Rossiyada ogʻir jarohat olgan Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Oʻzbekiston diplomatlari saʼy-harakatlari bilan Rossiyaning Vladivostok shahrida ogʻir tan jarohati olgan vatandoshimiz Oʻzbekistonga qaytdi, deb xabar bermoqda 'Dunyo' axborot agentligi.Xabarda aytilishicha, Samarqand viloyatidan boʻlgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, oʻgʻli S.G. baxtsiz hodisa oqibatida jiddiy jarohat olib, Vladivostok shahrining 2-sonli klinik shifoxonasida yotgani va dori-darmon uchun yetarli mablagʻ qolmaganini bildirgan hamda Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy