calendar 31 Jan 15:20
eye 94
comments 0
comments Manba: xs.uz

Inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga tushdi

image


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unga koʻra, inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro X.R.ning 'Monza' rusumli avtomashinasi salonidan tarkibida 'Tropikamid' moddasi mavjud boʻlgan 64 dona yelim idishda suyuqlik va 'Pregabalin' moddasi mavjud boʻlgan 19 dona oq-qizil rangli kapsula dori vositalari topilgan hamda tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlandi.

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar F.K. va M.A. noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelib, fuqaro T.B.ga 25 dona 'Zardeks' nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Ularning yonidan 5 dona oq qizil rangli kapsula, 1 dona oq rangli idishda suyuqlik, 40 dona 'Zardeks' dori vositalari topilib, ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

Bundan tashqari, fuqaro F.K.ning xonadonidan yana 80 dona 'Zardeks' 175 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari topilib, tezkor tadbir xodimlari tomonidan protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Departamentning Xoʻjayli tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'A.' MCHJ sotuvchisi K.Sh. fuqaro K.K.ga inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 320 ta kapsuladagi dori vositalarini 2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

'Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', ' deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
53
0
xs.uz

Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?

2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg

20 Mar 12:53
 
51
0
xs.uz

Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda

Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o

20 Mar 12:53
 
50
0
xs.uz

Sahro javohiri

1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t

23 Mar 16:44
 
62
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.