calendar 09 Oct 12:36
eye 12
comments 0
comments Manba: postda.uz

BIR-BIRIGA SUYANCH, HAMMASLAK

image

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Shahboz Ne’matjonov va uning turmush o‘rtog‘i, viloyat IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob-ma’lumotlar markazi yetakchi mutaxassisi, podpolkovnik Gulnoza Ne’matjonova bilan gurungimiz o‘z-o‘zidan qovushib ketdi. Ularning, ayniqsa, «agar farzandlarimiz ham shu kasbni tanlashsa xursand bo‘lamiz» degan so‘zlari qalbda o‘ziga xos to‘lqin hosil qildi. Bu o‘n besh yil davomida jinoyatchilikka qarshi ne-ne tunlarni izlanishda o‘tkazgan, yaxshi-yomon kunlarda bir-biriga yelkadosh bo‘lgan qo‘shqanotlarning o‘z kasbini nechog‘lik sevishidan dalolat edi. 

... Shahbozga IIV Akademiyasiga o‘qishga kirish deyarli qiyinchilik tug‘dirmadi. Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, yelkasiga kursantlik pogoni taqilgach, u inson astoydil harakat qilsa, orzusiga albatta yetishishiga amin bo‘ldi. Bu ishonch ushbu dargohda muvaffaqiyatli ta’lim olishiga ham ijobiy ta’sir qildi. 

Akademiyadagi tahsil jarayoni qizg‘in o‘tar, taniqli huquqshunos olimlar, shu kasbga umrini bag‘ishlagan yetuk rahbar xodimlarning ma’ruzalarini tinglash juda qiziq edi. Ba’zan dars jarayoni qizg‘in bahslarga ulanib ketardi. Ana shunday kunlarning birida Shahbozning e’tiborini ko‘zlari yonib turgan xushruygina bir qiz tortdi. Uning o‘rinli fikrlari, bahsda o‘zini bosiq tutishi e’tiborga molik edi. 

Xullas, ularning tanishuvi shu tarzda boshlandi. Qarangki, bu tanishuv umr yo‘llarini ham tutashtirdi. Akademiyani tugatgach, ikki yosh oila qurdi. Shahboz Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani IIB Tergov bo‘limida tergovchi, Gulnoza esa Toshkent shahar IIBBda xuddi shu lavozimda xizmatni boshladi. Ular Toshkent viloyatida istiqomat qilishar, har ikkalasi ham ishdan kech qaytardi. Lekin bu holat ularning o‘zaro ahil-inoq yashashiga zarracha ta’sir qilmasdi. Aksincha, xizmatdagi dastlabki qiyinchiliklarni yengishda ular bir-biriga doim ko‘mak berishar, bunday yelkadoshlik ko‘pchilikning havasini keltirardi. 

– Men har tomonlama baxtli oila vakilasiman, – deydi Gulnoza Ne’matjonova. – Orzumdagi kasbga va oilaga erishdim. Bunday mushtaraklik xizmatda va oilaviy hayotda juda qo‘l kelmoqda. Nimagaki erish­gan bo‘lsam, bunda turmush o‘rtog‘imning o‘rni katta. 

Shahboz Ne’matjonovning otasi Ne’matjon Habibullayev o‘ttiz yildirki advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Huquqshunoslikka qiziqish o‘g‘liga otasiga havasdan boshlangan. 

– Har bir ota uchun farzand kamoli – ulug‘ baxt, – deydi Ne’matjon Habibullayev. – Farzandim Shahbozjon bolaligidan ichki ishlar organi xodimi bo‘lishni orzu qilardi. Intildi va orzusiga yetdi. O‘g‘lim va kelinim Gulnozaxonning erishayotgan yutuqlaridan doim quvonaman. Ular el xizmatida bo‘lishni o‘zlarining burchi deb bilishadi. 

Shahboz va Gulnozaxon – baxtli oila sohiblari. Ularning uch nafar o‘g‘il farzandi bor. Birgalikda Sherdiyor, Imronbek, Kamronbeklarni tarbiyalayotgan bu insonlarga hamma havas bilan qaraydi. Ular agar qayta umr berilsa, yana shu kasbni, yana bir-birini tanlashlarini aytishganida, o‘z kasbiga va oilasiga sadoqatning yuksak namunasiga guvoh bo‘ldik. Bu o‘rnak olsa arziydigan yuksak fazilatdir. 

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

o‘z muxbirimiz.

Sirdaryo viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

Yozyovon moshi Xitoyga eksport qilinmoqda

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumanida keyingi yillarda eksportbop, jahon bozorida xaridorgir mahsulotlar yetishtirish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.Bu borada asosiy maqsad aholining doimiy daromad manbaini oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilayotgani eʼtiborga loyiq.Erta bahorda tuman hokimligi tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi ekini ' moshni Xitoyga eksport qilish bilan shugʻullanuvchi 'Besoft Export' MC

09 Oct 16:17
 
15
0
xs.uz

Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'9,03'soʻmga tushdi va'12 778,00'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'36,76'soʻmga tushib,'14'012,35'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,47'soʻmga pastlab,'131,58'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:36
 
17
0
postda.uz

TARADDUD

Ayni kunlarda respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ullaridan iborat ishchi guruh Jizzax viloyatida bo‘lib, joriy yilning 27-oktabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligi uchun o‘tkaziladigan saylovlar, shuningdek, turarjoylar va ijtimoiy-iqtisodiy soha ob'ekt­larining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishyapti. Chunonchi, ishchi guruh tarkibida bo‘lgan Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov say

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila

Oʻshanda suronli 1941-yilning kuzi edi. 10 yoshli Janna opasi Taisiya bilan yuzlab bolalar qatori qirgʻinbarot urush borayotgan Ukrainaning Izyum shahridan front ortiga, quyoshli Oʻzbekistonga joʻnatildi. Polyak millatiga mansub bu opa-singilni taqdir taqozosi bilan bir-biridan bexabar holda Buxorodagi ikki oila farzand qilib oldi.Janna oʻsha ogʻir kunlarni keyinchalik shunday eslagan edi: 'Poyezd uzoq yoʻl yurdi. Vagon tirqishidan samolyotlarning parvozi va dahshatli tovushi yuraklarga v