calendar 09 Oct 12:36
eye 17
comments 0
comments Manba: postda.uz

TARADDUD

image

Ayni kunlarda respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ullaridan iborat ishchi guruh Jizzax viloyatida bo‘lib, joriy yilning 

27-oktabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligi uchun o‘tkaziladigan saylovlar, shuningdek, turarjoylar va ijtimoiy-iqtisodiy soha ob'ekt­larining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishyapti. Chunonchi, ishchi guruh tarkibida bo‘lgan Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov saylov komissiyalari va uchastkalarida siyosiy tadbirni o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganmoqda. 

Bunda asosiy e'tibor saylov arafasida hamda ovoz beriladigan kuni jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, mavjud 553 ta saylov uchastkasiga kuzatuv qurilmalarining o‘rnatilishi, aholini qiynayotgan muammolarni hal qilishga qaratilayotir. Ayni maqsadda viloyat ichki ishlar boshqarmasida hokimlik, sektorlar rahbarlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ullari va profilaktika inspektorlari ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi.

Yig‘ilishda saylovga tayyorgarlik ko‘rish, xavfsizlik va jamoat tartibini ta'minlash shtabi hamda joylarda tuzilgan ishchi guruhlar a'zolari va profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, aholi turar joylari va ijtimoiy soha ob'ektlarini kuz-qishga tayyorlash, yonilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini tashkil etish, energiya manbalari zaxiralarini yaratish, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir va issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi. 

Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob'ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024–2025-yillar kuz-qish davriga tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish hududiy shtablari, ta'lim, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda qozonxonalarda bo‘lib, qishga tayyorgarlik ishlari sifatini tekshirmoqda. O‘z navbatida, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinayotir.

Alijon ABDUSATTOROV, 

o‘z muxbirimiz.

Jizzax viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 8 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani maʼlum qilindi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:' 'Cobalt' ' 102 052 dona' 'Damas' ' 59 545 dona' 'Tracker' ' 27 454 dona' 'Onix' ' 21 607 dona' 'Lacetti-Gentra' ' 12 837 dona' 'KIA' ' 12 795 dona' 'Chery' ' 5 190 dona' 'Haval' ' 1 390 dona' Maxsus yengil avtomobillar ' 17 321 dona

24 Aug 17:27
 
30
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 32,03 soʻmga oshdi va 12 677,04 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 64,76 soʻmga oshib, 14 122,22 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,40 soʻmga koʻtirilib, 139,06 soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 41 mlrd dollardan oshdi

Qayd etish joiz, Markaziy bank zaxiralari ketma-ket uch oydan beri o'smoqda ' iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda 1,75 milliard dollarga, sentyabrda esa 1,98 milliard dollarga oshgan. Bu 2013 yildan beri yuritiladigan statistik ma'lumotlarning butun davri uchun navbatdagi rekord ko'rsatkich hisoblanadi.Shuningdek, o'tgan oyda xorijiy valuta zaxiralari 518,3 million dollarga (8,19 milliarddan 8,709 milliard dollargacha) oshgan. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi esa o'zgarishsiz qolmoqda ' 1

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 41 mlrd dollardan oshdi

Qayd etish joiz, Markaziy bank zaxiralari ketma-ket uch oydan beri o'smoqda ' iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda 1,75 milliard dollarga, sentyabrda esa 1,98 milliard dollarga oshgan. Bu 2013 yildan beri yuritiladigan statistik ma'lumotlarning butun davri uchun navbatdagi rekord ko'rsatkich hisoblanadi.Shuningdek, o'tgan oyda xorijiy valuta zaxiralari 518,3 million dollarga (8,19 milliarddan 8,709 milliard dollargacha) oshgan. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi esa o'zgarishsiz qolmoqda ' 1