calendar 09 Oct 12:36
eye 16
comments 0
comments Manba: postda.uz

ARIMANI TO‘LAMAYMAN DЕB...

image

Chortoq tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, mayor Eldorbek Ne’matov Zafar Diyor nomli mahallada yashovchi I.M. «Damas» rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz bosh­qarib kelayotganligini aniqladi. Fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, avtomashinasini vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirgandan bir hafta vaqt o‘tgach, fuqaro avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish va o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 400 ming so‘m pul berishini aytib, unga pora taklif qildi. Albatta, xodim bu taklifdan o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi, fuqaroni dastlab tartibga chaqirdi, bu xatti-harakati qonunga xilofligini tushuntirdi, lekin u tushunishni istamay, xodimga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilib, iltimos qilishda davom etaverdi...

IIB tomonidan tezkor-tadbir davomida fuqaro I.M. xodimning xizmat xonasida unga 400 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shunga o‘xshash voqea «Do‘stlik» mahallasi hududida xizmat olib borayotgan vaqtda ham sodir bo‘ldi. Tungi xizmatga jalb qilingan Elyor Ne’matov mast holatda «Nexia-3» rusumli avtomashina boshqarib kelayotgan fuqaro A.S.ni to‘xtatib, uning ulovini jarima maydonchasiga joylashtiradi. Katta miqdorda jarima to‘lashdan ko‘ra, ichki ishlar organi xodimi bilan kelishib qo‘ya qolgan ma’qul, deb o‘ylagan fuqaro Eldorbekning qaysar, murosasiz, o‘z kasbiga sadoqatli ekanini bilmagan chog‘i. Xullas, tu­shuntirishlar kor qilmagach, mayor E.Ne’matov qat’iy chora ko‘rmasa bo‘lmasligini tushunib yetdi. Eldorbekning xizmat xonasida 400 AQSH dollarini berayotgan vaqtda A.S. qo‘lga olindi.

Xulosa o‘rnida aytmoqchi bo‘lganimiz, jamiyatda qonunlarga bo‘ysunish tinch va osoyishta hayot garovi ekanini har bir fuqaro his qilishi shart. O‘z kasbiga sadoqatli, vijdonli xodimning bu xatti-harakati ana shu yo‘ldagi sa’y-harakatlarning amaldagi ifodasidir. 

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,

o‘z muxbirimiz. 

Namangan viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
53
0
xs.uz

2024-yilning oʻtgan 7 oyida Oʻzbekistonda qancha elektr energiyasi ishlab chiqarilgani maʼlum qilindi

Energetika vazirligi tomonidan joriy yilning oʻtgan yetti oyida Oʻzbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish va yetkazib berish koʻrsatkichlari eʼlon qilindi.Ushbu davrda respublikamizda jami 47,8 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,1 mlrd kVt/soat yoki 4,7 foiz koʻp demakdir.Shuningdek, respublika isteʼmolchilariga shu vaqt mobaynida 39,8 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berildi.Mazkur koʻrsatkich 2023-yiln

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

Yozyovon moshi Xitoyga eksport qilinmoqda

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumanida keyingi yillarda eksportbop, jahon bozorida xaridorgir mahsulotlar yetishtirish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.Bu borada asosiy maqsad aholining doimiy daromad manbaini oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilayotgani eʼtiborga loyiq.Erta bahorda tuman hokimligi tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi ekini ' moshni Xitoyga eksport qilish bilan shugʻullanuvchi 'Besoft Export' MC

09 Oct 16:17
 
15
0
xs.uz

Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'9,03'soʻmga tushdi va'12 778,00'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'36,76'soʻmga tushib,'14'012,35'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,47'soʻmga pastlab,'131,58'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:36
 
18
0
postda.uz

TARADDUD

Ayni kunlarda respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ullaridan iborat ishchi guruh Jizzax viloyatida bo‘lib, joriy yilning 27-oktabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligi uchun o‘tkaziladigan saylovlar, shuningdek, turarjoylar va ijtimoiy-iqtisodiy soha ob'ekt­larining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishyapti. Chunonchi, ishchi guruh tarkibida bo‘lgan Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov say