O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan Shodiyor kelgusida huquqshunos bo‘lish istagi bilan 1998-yili Samarqand davlat universitetiga sirtdan o‘qishga kirdi. O‘sha yili yana bir orzusi ro‘yobga chiqdi: u Guliston shahar IIB 2-mavze profilaktika inspektori lavozimiga xizmatga qabul qilindi.
Lavhamiz qahramoni yangi vazifa, yangi mas’uliyat oldida dovdirab qolmadi. O‘sha yillar Guliston shahri markazidagi ushbu mavzeda ko‘plab millat vakillari istiqomat qilar, bu kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir etardi. Ichkilikbozlik, bezorilikka qarshi kurashish asosiy vazifalardan biri hisoblanardi. Yosh leytenant mazkur vazifani a’lo darajada uddaladi. 2000-yilda uni Sirdaryo tumani IIB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektori lavozimiga o‘tkazishdi. Uning bu lavozimdagi faoliyati ham muvaffaqiyatli kechdi.
2002-yilda Guliston shahar IIB JQB katta tezkor vakili lavozimida ish boshlagan Shodiyor Ibragimov ko‘plab jinoyatlarni ochishda jonbozlik ko‘rsatdi. O‘z ishining ustasi bo‘lib yetishishida viloyat IIB JQBda faoliyat ko‘rsatgan ustozlari –
podpolkovniklar Rahim Aripov va Haydar Mirzabekov katta o‘rin tutdi. Ustozlarning o‘gitidan chiqmagan Shodiyor uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi muvaffaqiyatlarga salmoqli hissa qo‘shdi.
O‘shanda firibgarlik, tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruhlardan birini fosh etish oson kechmayotgandi. Shodiyor tezkor ma’lumotlarni tahlil qilish orqali jinoyatchilarning iziga tushgan edi. Nihoyat,
2002-yilning kuzida Gulistondagi yog‘-ekstrakt zavodi yaqinida o‘tkazilgan operatsiyada tovlamachilar qo‘lga olindi.
Shodiyor Ibragimov xizmat pillapoyalaridan o‘sishda davom etdi. 2004-yilda Mirzaobod tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2006-yilda tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 2009–2012-yillarda esa Sayxunobod, Guliston tumanlarida IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Keyinchalik viloyat IIB tizimida turli lavozimlarda ishlagan Shodiyor Ibragimov ko‘plab shogirdlarni tarbiyaladi. O‘z vaqtida Oqoltin tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan podpolkovnik Jahongir Haydarov, Sirdaryo, Sardoba tumanlari IIB boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan podpolkovnik Rustam Qorabekovlar shular jumlasidandir.
– Shodiyor Ibragimov o‘ta mas’uliyatli xodim, – deydi viloyat IIB JQB tezkor vakili, podpolkovnik Rustam Qorabekov. – Shuning uchun ham uni ko‘pchilik hurmat qiladi. U biz, shogirdlar ichki ishlar organi xodimi bo‘lib shakllanishimizga qimmatli maslahatlari, yo‘l-yo‘riqlari bilan katta hissa qo‘shgan.
Hozirgi vaqtda podpolkovnik Sh.Ibragimov Guliston shahridagi 3-sonli IIBda boshliq lavozimida xizmat qilmoqda. O‘n olti nafar xodim faoliyat ko‘rsatadigan mazkur bo‘lim xizmat qiladigan hududda 6 ta mahalla bor. Ushbu mahallalarning barchasi «yashil hudud» toifasida.
U baxtli oila sohibi. Turmush o‘rtog‘i bilan 5 nafar farzandni voyaga yetkazdi. 2 o‘g‘il ota izidan ketgan. Ulardan kattasi Shahboz Usmonov viloyat IIB JXX JTSB PPX safdor xodimi, ikkinchi o‘g‘il Abbos esa IIV Akademiyasi ikkinchi bosqich kursanti.
– Biz otam bilan faxrlanamiz, – deydi Shahboz Usmonov. – Undan o‘rnak olishga, hayotiy va kasbiy tajribasidan ko‘proq bahramand bo‘lishga harakat qilamiz.
Darhaqiqat, o‘z umrini el-yurt osoyishtaligi yo‘liga sarflagan insonning ezgu xislatlari ko‘pchilik uchun namunadir.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
o‘z muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
Hafta boshida xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,29 soʻmga tushdi va 12 777,52 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 15,80 soʻmga pasaydi va 14 590,65 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 2,21 soʻmga tushib, 161,54 soʻmni tashkil etdi.
Qariyb 40 foiz oʻzbekistonlik oʻtgan yilda umuman pul jamgʻara olmadi
Oʻzbekiston aholisining qariyb 40 foizi oʻtgan yilda umuman pul jamgʻarmagan. Bu haqda Markaziy bank tomonidan Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida oʻtkazilgan tadqiqot natijalarida maʼlum qilindi.Miqdoriy soʻrov 2025-yil yanvar'fevral oylarida mamlakatning 6 ta hududida oʻtkazilgan boʻlib, unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Fargʻona, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahridan jami 1200 nafar respondent ishtirok etgan.Tadqiqot qatnashchilarining tarkibiga koʻra, ul
Dollar kursi oshishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,74 soʻmga'oshdi va'12 857,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'10,55 soʻmga'koʻtarildi va'14 672,81 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,8 soʻmga'oshib,'163,45 soʻmni'tashkil etdi.
Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'44,18 soʻmga'oshdi va'12 834,61 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'175,82 soʻmga'koʻtarildi va'14 662,26 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,05 soʻmga'oshib,'162,65 soʻmni'tashkil etdi.