Qariyb 40 foiz oʻzbekistonlik oʻtgan yilda umuman pul jamgʻara olmadi

Miqdoriy soʻrov 2025-yil yanvar'fevral oylarida mamlakatning 6 ta hududida oʻtkazilgan boʻlib, unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Fargʻona, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahridan jami 1200 nafar respondent ishtirok etgan.
Tadqiqot qatnashchilarining tarkibiga koʻra, ularning 45 foizi qishloq hududlarida, 55 foizi esa shaharlarda yashaydi. Ishtirokchilarning yoshi boʻyicha taqsimoti: 58 foizi 45 yoshgacha, 24 foizi esa 46'60 yosh oraligʻida. Jinsi boʻyicha esa respondentlarning 60 foizi ayollar, 40 foizi erkaklar hisoblanadi. Taʼlim darajasi boʻyicha esa 15 foizi oliy maʼlumotli, 33 foizi umumiy oʻrta, 45 foizi oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan.
Bundan tashqari, sifatli tadqiqot 2024-yil noyabr'dekabr oylarida Xorazm, Andijon, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida oʻtkazilgan. Fokus-guruh shaklida tashkil etilgan ushbu tadqiqotda 198 nafar fuqaro, jumladan 75 nafar ayol, 42 nafar yoshlar va 32 nafar qishloq aholisi ishtirok etgan.
Tadqiqot uchun tanlab olingan hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga koʻra ' agrar, sanoat, kam rivojlangan va shahar markazi kabi koʻrsatkichlar asosida belgilangani aytilmoqda. Maʼlumotlar 'Ekspert fikri' ijtimoiy-iqtisodiy va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan yuzma-yuz suhbatlar orqali toʻplangan.
Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonda pul jamgʻarish xulq-atvori hudud, taʼlim darajasi va bandlik holatiga qarab sezilarli farqlanishini koʻrsatgan. Xususan, respondentlarning 39 foizi oʻtgan yilda umuman pul jamgʻarmaganini bildirgan. Toshkent shahrida soʻnggi 12 oy ichida mablagʻ yigʻmaganlar ulushi 25 foizni tashkil etgan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasida bu koʻrsatkich 54 foizga yetgan.
Taʼlim darajasi boʻyicha ham farqlar yaqqol koʻzga tashlangan. Jumladan, faqat 8-9-sinf maʼlumotiga ega boʻlganlar orasida pul jamgʻarmaslik koʻrsatkichi 53 foizni tashkil etgan. Oliy maʼlumotlilar esa bu borada ancha faollik koʻrsatgan. Talabalar eng faol jamgʻaruvchilar sifatida qayd etilgan boʻlsa, nafaqaxoʻrlar orasida soʻnggi bir yilda umuman jamgʻarmaga ega boʻlmaganlar ulushi 46 foizni tashkil etgani maʼlum qilingan.
Amir Temurning mahobatli va muhtasham Oqsaroyidan fotoreportaj
Oqsaroy ' Amir Temur tomonidan 1380'1404-yillar qurdirilgan Shahrisabz (eski nomi Kesh)dagi mahobatli va muhtasham saroydir. Meʼmoriy yodgorlik shaharning shimoli sharqiy qismidagi bosh maydonda joylashgan.Saroy qurilishida xorazmlik ustalar qatori, mahalliy hamda boshqa mamlakatdan kelgan ustalar ham qatnashgan. Bunga bino peshtogʻidagi yozuvlar orasida eronlik Muhammad Yusuf Tabriziy nomi ikki marta takrorlangani ham dalil boʻladi.Oqsaroyning avvalgi holati toʻgʻrisida faqat yozm
Oʻzbekistonga kelayotgan fransuzlar soni 20,8 foizga oshdi
Oʻzbekistonga kelayotgan xorijiy turistlar soni ortib borayotgani kuzatilmoqda. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Fransiyadan jami 6,8 ming nafar turist mamlakatimizga tashrif buyurgan.Qayd etish kerakki, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga yoki 20,8 foizga koʻpaygan.Maʼlum qilinishicha, tashrif buyurgan fransiyaliklarning asosiy qismi sayyohlik maqsadida kelgan. Joriy yilning dastlabki toʻrt oyi davomida
Oʻzbekistonda dollar kursi pastlamoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'55,77 soʻmga'tushdi va'12 831,13 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'82,54 soʻmga'pastladi va'14 542,80 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,20 soʻmga'tushib,'161,07 soʻmni'tashkil etdi.
Oʻzbekistonda dollar kursi pastlamoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'55,77 soʻmga'tushdi va'12 831,13 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'82,54 soʻmga'pastladi va'14 542,80 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,20 soʻmga'tushib,'161,07 soʻmni'tashkil etdi.