calendar 20 Sep 00:22
eye 26
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Mikrokreditbank” ATBning 94 nafar boshqaruv xodimi 96 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi sifatida roʻyxatdan oʻtgani maʼlum boʻldi

image
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish holatlari yuzasidan navbatdagi oʻrganishlar oʻtkazildi.

'Mikrokreditbank' ATB, 'Biznesni rivojlantirish banki' ATB hamda 'Turonbank' ATB va ularning tizim tashkilotlari oʻrganilganda ularning 148 nafar boshqaruv xodimi 155 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Jumladan, 'Mikrokreditbank' ATBning 94 nafar boshqaruv xodimi 96 ta tadbirkorlik subyektida, 'Biznesni rivojlantirish banki' ATBning 41 nafar boshqaruv xodimi 46 ta tadbirkorlik subyektida hamda 'Turonbank' ATBning 13 nafar boshqaruv xodimi 13 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi sifatida roʻyxatdan oʻtgan.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari boʻyicha Agentlik tomonidan mazkur banklarga taqdimnomalar kiritildi.

Oʻz navbatida, banklar tomonidan taqdimnomalar tanqidiy muhokama qilingan holda tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining 'Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida'gi, 'Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida'gi qonunlarida davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
13
0
postda.uz

Bandlikni ta'minlash – ustuvor vazifa

Jizzax shahrida viloyat IIB JXX JTSBga qarashli muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markazi hamda ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlashga mo‘ljallangan maxsus qabulxonaga joylashtirilgan shaxslar ishtirokida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbir doirasida hokimlik, ichki ishlar organlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas'ullari tomonidan tadbir qatnashchilarining muammolari o‘rganilib, ularga moddiy, huquqiy, psixologik ko

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Oʻzbekistonda aliment toʻlovlari oshadi

Unga koʻra, aliment undiruvi 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab, qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori 15 foizga, 1-oktyabrdan boshlab, qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori 15 foizga, xususiy sektor va byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori esa 10 foizga oshadi.Bundan tashqari, 2024

09 Oct 12:36
 
19
0
postda.uz

ARIMANI TO‘LAMAYMAN DЕB...

Chortoq tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, mayor Eldorbek Ne’matov Zafar Diyor nomli mahallada yashovchi I.M. «Damas» rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz bosh­qarib kelayotganligini aniqladi. Fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, avtomashinasini vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirgandan bir hafta vaqt o‘tgach, fuqaro avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish va o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘

09 Oct 12:36
 
14
0
postda.uz

Litsey rahbariyati maktabda

IIV Qashqadaryo akademik litseyiga biriktirilgan Qarshi tumanidagi 6-maktabda ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida litsey rahbariyati bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, fanlardan a'lochi o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilishdi. Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oliy ta'limga qamrov darajasini oshirish va kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etishga oid takliflarni