Chortoq tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, mayor Eldorbek Ne’matov Zafar Diyor nomli mahallada yashovchi I.M. «Damas» rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelayotganligini aniqladi. Fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, avtomashinasini vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirgandan bir hafta vaqt o‘tgach, fuqaro avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish va o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 400 ming so‘m pul berishini aytib, unga pora taklif qildi. Albatta, xodim bu taklifdan o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi, fuqaroni dastlab tartibga chaqirdi, bu xatti-harakati qonunga xilofligini tushuntirdi, lekin u tushunishni istamay, xodimga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilib, iltimos qilishda davom etaverdi...
IIB tomonidan tezkor-tadbir davomida fuqaro I.M. xodimning xizmat xonasida unga 400 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shunga o‘xshash voqea «Do‘stlik» mahallasi hududida xizmat olib borayotgan vaqtda ham sodir bo‘ldi. Tungi xizmatga jalb qilingan Elyor Ne’matov mast holatda «Nexia-3» rusumli avtomashina boshqarib kelayotgan fuqaro A.S.ni to‘xtatib, uning ulovini jarima maydonchasiga joylashtiradi. Katta miqdorda jarima to‘lashdan ko‘ra, ichki ishlar organi xodimi bilan kelishib qo‘ya qolgan ma’qul, deb o‘ylagan fuqaro Eldorbekning qaysar, murosasiz, o‘z kasbiga sadoqatli ekanini bilmagan chog‘i. Xullas, tushuntirishlar kor qilmagach, mayor E.Ne’matov qat’iy chora ko‘rmasa bo‘lmasligini tushunib yetdi. Eldorbekning xizmat xonasida 400 AQSH dollarini berayotgan vaqtda A.S. qo‘lga olindi.
Xulosa o‘rnida aytmoqchi bo‘lganimiz, jamiyatda qonunlarga bo‘ysunish tinch va osoyishta hayot garovi ekanini har bir fuqaro his qilishi shart. O‘z kasbiga sadoqatli, vijdonli xodimning bu xatti-harakati ana shu yo‘ldagi sa’y-harakatlarning amaldagi ifodasidir.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
o‘z muxbirimiz.
Namangan viloyati.
Oʻzbekistonda dollar kursi ilk bor 12 800 soʻmga yaqinlashdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'19,86'soʻmga oshdi va'12 794,88'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'68,94'soʻmga tushib,'14'021,91'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,61'soʻmga pastlab,'132,99'soʻmni tashkil qildi.
“Choyxoʻrlar mamlakati”: yurtdoshlarimiz qaysi davlatning “importnыy” choyini koʻproq ichishadi?
Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan katta hajmda choy import qildi. Ushbu davr mobaynida mamlakatimizga 24 ming 808 tonna choy olib kelingan boʻlib, uning umumiy qiymati 36,1 million dollarni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich choy isteʼmoli yuqori ekanligini va importga boʻlgan ehtiyojni koʻrsatmoqda.Statistika agentligining xabar berilishicha, eng koʻp choy Xitoydan import qilingan boʻlib, ushbu mamlakatdan 20 ming 409 tonna choy keltirilgan. Qayd etish kerakki, Xitoy O
Hushyorligi natijasida
Poytaxtimizning Yangihayot tumani “Chorbogʻ” mahallasida faoliyat yuritadigan profilaktika inspektori, leytenant Shohrux Amriddinov hushyorligi natijasida tungi paytdagi xizmati davomida bir jinoyatni “issiq izida” fosh etishga muvaffaq boʻldi. Yaʼni u shahrimizda davom etayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish “dolzarb” oylik munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbir chogʻida oʻziga biriktirilgan mahalla hududida joylashgan eski-tuski sotiladigan bozorcha hududida bir shaxs
Oʻzbekistonda dollar kursi tushishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,95 soʻmga tushdi va 12 784,97 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 5,65 soʻmga tushib, 13 830,78 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,31 soʻmga pastlab, 131,45 soʻmni tashkil qildi.