calendar 19 Aug 07:04
eye 26
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qozogʻiston boks boʻyicha terma jamoaning barcha murabbiylarini lavozimidan ozod qildi. Bu Parijdagi omadsizlik bilan bogʻliqligi taxmin qilinmoqda

image


Qozogʻiston boks boʻyicha erkaklar terma jamoaning barcha murabbiylarini lavozimidan ozod qildi. Bu haqda 'Tengri News' xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, Qozogʻistonda boks boʻyicha erkaklar terma jamoasi murabbiylar shtabi ishdan butunlay chetlatilgan va bu qaror Qozogʻiston boks federatsiyasi qarori Sport qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan.

Shu tariqa, Bosh murabbiy Mirzagali Aytjanov va murabbiylar shtabi tarkibidan 10 nafar mutaxassis hamda Qozogʻiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti Aziz Kojambetov oʻz lavozimini tark etdi.

Boks boʻyicha Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy Tursingali Edilov esa boks federatsiyasi prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

Yangi murabbiylar shtabi hozircha toʻliq tarkibda maʼlum emas. Mazkur qarorlar katta ehtimol bilan Parij olimpiadasidagi muvaffaqiyatsizliklar bilan bogʻliq.

Qayd etish kerakki, qoʻshnilarimizning Parijdagi medallari bir kumush va bir bronzadan iborat. Kumush medalni 24 yoshli Nurbek Oralbay, bronzani esa Nozim Qizaybay olib kelgandi.

Avvalroq, 'erkaklikda gumon qilingan' jazoirlik bokschi Iman Halif Donald Tramp va Ilon Maskni sudga bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
61
0
xs.uz

Razambek Jamalov Olimpiada chempioni!

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Razambek Jamalov 'Parij-2024' yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.-74 kg vazn toifasida qatnashayotgan sportchimiz Jamalov finalda yaponiyalik Daichi Takatani bilan oltin medal uchun kurashdi. Finalda Razambek 'kunchiqar yurt' vakilini muddatidan oldin taslim qildi.Qayd etish kerakki, Jamalov turni

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Messi MLS yulduzlari o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi jarohati tufayli MLS yulduzlari o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda liga o‘z bayonotida ma’lum qildi. MLS va Meksika ligasining eng yaxshi futbolchilari o‘rtasidagi uchrashuv 26 iyul kuni Kolumbusda bo‘lib o‘tadi. Messi Kolumbiya terma jamoasi bilan Amerika kubogi final uchrashuvida oyog‘idan olgan jarohati tufayli jamoasining ikkita o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

26 Jul 10:19
 
66
0
qalampir.uz

Mashhur Amerika nashri O‘zbekiston Olimpiadada nechta medal olishini taxmin qildi

Amerikaning “Sports Illustrated” jurnali 75 ta litsenziya bo‘yicha Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasini musobaqalarda 12 ta medalga ega chiqishini taxmin qildi. Jurnaldagi taxminlarga ko‘ra, o‘zbek bokschilaridan Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov o‘z vazn toifalarida Olimpiada chempioni bo‘ladi. -71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev kumush, -92 kg da esa Lazizbek Mullajonov bronza medalni qo‘lga kiritishi

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. O‘sha kuni Ro‘ziboyev Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 308 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Unga rossiyalik Rinat Faxretdinov raqiblik qiladi.  32 yoshli Faxretdinov MMA'da juda yaxshi statistikaga ega. U shu vaqtga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Oxirgi