calendar 26 Jul 10:19
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mashhur Amerika nashri O‘zbekiston Olimpiadada nechta medal olishini taxmin qildi

image

Amerikaning “Sports Illustrated” jurnali 75 ta litsenziya bo‘yicha Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasini musobaqalarda 12 ta medalga ega chiqishini taxmin qildi.

Jurnaldagi taxminlarga ko‘ra, o‘zbek bokschilaridan Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov o‘z vazn toifalarida Olimpiada chempioni bo‘ladi. -71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev kumush, -92 kg da esa Lazizbek Mullajonov bronza medalni qo‘lga kiritishi kutilmoqda. 

Nashr tomonidan O‘zbekistonga eng ko‘p medal olib keladigan sport turlaridan biri sifatida dzyudo taxmin qilinmoqda. Dzyudochilar Dilshodbek Baratov, Muzaffarbek To‘raboyev, Alisher Yusupov va Diyora Keldiyorova o‘z vaznida bronza medalni qo‘lga kiritishi kutilyapti,biroq QALAMPIR.UZ'ga ma’lum bo‘lishicha -60 kg vaznda Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini Dilshodbek Baratov emas, Doston Ro‘ziyev himoya qiladi. Davlat Bobonovning esa kumush medal uchun imkoniyatlari yuqori baholanyapti.

Taekvondochilardan Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Ulug‘bek Rashidov bronza, Svetlana Osipova esa kumush medal egasi bo‘ladi deb qayd etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

“Real Madrid” yana bir rekord o‘rnatdi

“Real Madrid” bir mavsumda daromadi 1 milliard yevrodan oshgan birinchi futbol klubi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Futbolchi transferlarini hisobga olmaganda, “Real Madrid”ning daromadi 1,073 milliard yevroni tashkil etdi. Bu moliyaviy yil davomida klubning sof foydasi taxminan 16 million yevroni tashkil qildi. 2023/24 yilgi mavsum yakunida “Real” Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga k

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

“Barselona” futbolchisi faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin

Qatarning “Al-Sadd” futbol klubi Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi, germaniyalik Ilkay Gyundoganga transfer taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.  Qayd etilishicha, “Barselona” moliyaviy qiyinchiliklar tufayli nemis futbolchisini sotish taklifini ko‘rib chiqmoqchi.

19 Jul 18:14
 
78
0
xs.uz

“EA Sports FC 25” muqovasidan qaysi futbolchi joy olishi maʼlum boʻldi. U Messi ham, Ronaldu ham, Mbappe ham emas (Video)

Shu tariqa 'Qirollik klubi' yulduzi 'EA Sports' tarixidagi global muqova yuzidan joy olayotgan eng yosh futbolchiga aylanmoqda. Ayni paytda u 21 yoshda. Muqovada Bellingem oʻtgan aprel oyida 'Barselona'ga qarshi oʻyinda urgan golini nishonlayotgani tasvirlangan.Bellingem, shuningdek, Devid Bekxem, Zinedin Zidan, Janluiji Buffon, va Aytana Bonmati kabi mashhur oʻyinchilar bilan birga oʻyinning 'Ultimate Edition' muqovasida ham boʻladi. Jud oʻzining hayajonini bildirib, ushbu oʻyinni oʻyna

23 Jul 09:40
 
54
0
qalampir.uz

Xames Rodriges joriy klubni tark etdi

“Real” va “Bavariya”ning sobiq yarim himoyachisi Xames Rodriges Braziliyaning “San-Paulu” bilan shartnomasini bekor qildi va erkin agentga aylandi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, futbolchi Yevropaga qaytishni istamoqda va top-5 chempionatdan taklif kutmoqda.  Kolumbiyalik futbolchi 2023 yilning iyul oyida erkin agent sifatida Braziliyaning “San-Paulu”siga o‘tgandi. Futbolchinin