calendar 23 Jul 09:40
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xames Rodriges joriy klubni tark etdi

image

“Real” va “Bavariya”ning sobiq yarim himoyachisi Xames Rodriges Braziliyaning “San-Paulu” bilan shartnomasini bekor qildi va erkin agentga aylandi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi Yevropaga qaytishni istamoqda va top-5 chempionatdan taklif kutmoqda. 

Kolumbiyalik futbolchi 2023 yilning iyul oyida erkin agent sifatida Braziliyaning “San-Paulu”siga o‘tgandi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, biroq 33 yoshli yarim himoyachi muddatidan avval shartnomani bekor qildi. Rodriges joriy mavsum klub safida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Kolumbiya terma jamoasi safida Xames Rodriges Amerika Kubogi-2024'ning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Turnirning 6 ta uchrashuvida futbolchi 1 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining mezbonlari aniq bo‘ldi

2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari Fransiyaning Alp tog‘larida bo‘lib o‘tadi,  2034 yilgi bahslar uchun esa Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri tanlandi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘z bayonotida ma’lum qildi. ”XOQ 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari AQSHning Yuta shtati Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi”, deydi tashkilot prezidenti Tomas Bax. Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri 2002 yi

26 Jul 10:21
 
49
0
xs.uz

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidan chiqdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ham oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha kuni ularga Ispaniya jamoasi raqiblik qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur oʻyinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.Biroq oʻsha kuni Oʻzbekiston Olimp

29 Jul 15:18
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik sportchilar juftligi akademik eshkak eshish boʻyicha finalda ishtirok etadigan boʻldi

Qayd etilishicha, ushbu sport turi boʻyicha mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev juftligi 'C' finalida qatnashadigan boʻldi.Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev juftligi oʻz guruhida 4-boʻlib marraga yetib keldi. Shu tariqda, yurtdoshlarimiz 31-iyul kuni 'C' finalida startga chiqadigan boʻlishdi.Avvalroq, dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etib keyingi bosqichga chiqqanligi haqida maʼlum qilingandi.

27 Jul 11:59
 
66
0
qalampir.uz

Parijda Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi bo‘ldi (video)

Kecha, 26 iyul kuni Parijda XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tarixda birinchi marta u stadionda emas, balki suvda – Sena daryosida o‘tkazildi. An’anaviy milliy qayiq paradida 206 davlatdan 10 mingdan ortiq sportchi ishtirok etdi. An’anaga ko‘ra, birinchi bo‘lib o‘yinlar asoschisi – Gretsiya jamoasi suzdi. Uning ortidan qochqinlar jamoasi bormoqda. Keyin delegatsiyalar alifbo tartibida paydo bo‘ldi. Qayiq marshruti ta