calendar 19 Aug 07:04
eye 22
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qashqadaryoda 1 milliard soʻmdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

image
Qarshi tumanida 1 milliard soʻmdan ziyod elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida 'Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari' AJ'xabar berdi.

Qayd etilishicha, 'Oʻzenergoinspeksiya' Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Qarshi tumani Navroʻz MFYda faoliyat yuritayotgan avtomobillarga yonilgʻi quyish shaxobchasi masʼul shaxslari elektr hisoblagichni oʻzboshimchalik bilan almashtirib, dasturga kiritmagani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 1 milliard 85 mln soʻm miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilingan.

'Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi', deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
11
0
xs.uz

Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 48,93 soʻmga pastladi va 12 625,93 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 107,51 soʻmga tushib, 14 006,19 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,44 soʻmga pastlab, 138,11 soʻmni tashkil qildi.

19 Aug 07:04
 
20
0
xs.uz

Dollar kursi yana oshdi, yevro va rubl esa pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 7,95 soʻmga oshdi va 12 658,00 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 19,10 soʻmga pastlab, 13 911,14 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,39 soʻmga tushib, 142,21 soʻmni tashkil qildi.

24 Aug 17:27
 
18
0
xs.uz

Restoran va kafelarga QQSning 40 foizgacha qismi keshbek sifatida qaytarib beriladi

Oʻzbekistonda 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) bir qismi keshbek sifatida qaytarib beriladi. Bu haqda 20-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.Muloqotda prezident umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona xizmatlarining eng katta muammosi QQS va ishchilar hisobini yuritish ekanidan xabardorligini taʼkidlagan. 'Shu bois, 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi tadbirkor

08 Sep 16:45
 
11
0
xs.uz

Kontrakt toʻlovini amalga oshirishning soʻnggi muddati qachon?

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari belgilandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.Qayd etilishicha, belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha davom etadi.Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotl