“Barselona”ni “yutqazib berish”ga chaqirilgan jamoa yutib ketdi. Katalonlar 12-yildan beri yutib kelayotgan kubogidan ham ayrildi

'Barselona' Joan Gamper kubogida Fransiyaning 'Monako' klubiga 0:3 hisobida yutqazib qoʻydi. Bu haqda 'Bein Sports' nashri xabar bermoqda.
Dastlabki optimizm va kuchli boshlangʻich tarkibga qaramay, 'Barselona' oʻz imkoniyatlaridan unumli foydalanishga qiynaldi. 'Monako' esa ikkinchi boʻlimda oʻz imkoniyatlaridan unumli foydalandi.
'Monako' futbolchisi Lamin Kamara tanaffusdan koʻp oʻtmay himoyadagi xatodan foydalanib hisobni ochdi. Breyel Embolo tezda ikkinchi golni, Kristian Mavissa esa uchinchi golni kiritdi.
Gap shundaki, fransuzlar katalonlarning 12-yildan beri davom etayotgan gʻalabali seriyasini toʻxtatdi. Ushbu oʻrtoqlik maqomidagi kubok uchun finalga chaqiriladigan har bir jamoa ushbu sovrinni shu yerda qoldirib ketardi. Masalan, soʻnggi marotaba 2012-yilda Italiyaning 'Sampdoria' klubi 0:1 hisobida 'Barselona' ustidan gʻalaba qozongandi.
Gamper kubogi 1966-yildan beri oʻtkazib kelinadi va 46 marotaba kubok Kataloniyada qolgan. Chaqiriladigan raqiblar asosan 'yutqazib berish' uchun keladi deyish ham mumkin.
Avvalroq, Parij-2024 qahramonlari Prezident sovgʻalarini qabul qilib olishgandi.
Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi
Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo'yicha o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko'zdan kechirib oldi.
Filippinlik sobiq senator WBC yarim-yengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun ringga koʻtariladi
Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao 19-iyul kuni Las-Vegasda Mario Barriosga qarshi jang oʻtkazadi. ESPN xabariga koʻra, bu bahsda WBC yarimengil vazn toifasi chempionlik kamari oʻynaladi. Bu Pakyaoning deyarli toʻrt yillik tanaffusdan keyingi ilk professional jangidir.VBK prezidenti Maurisio Sulayman 2-may kuni ayni rejani tasdiqlab: 'Bu katta jang boʻladi, hozirda Mario Barrios Menni Pakyaoga qarshi maydonga chiqadi', deya bayonot bergan edi.46 yoshli Pakyao soʻnggi marta 2019-yil
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi
Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.
“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri