calendar 11 Aug 03:44
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

Teylor Sviftning konserti IShID terrorchisining tahdidi sababli qoldirildi

image
IShID terrorchilari sifatida talqin qilinayotgan shaxslarning tahdidlari sababli Teylor Sviftning konserti qoldirildi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Avstriya hukumati teraktning oldini olish maqsadida ikki shaxsni hibsga oldi. Rejalashtirilgan hujum Sviftning yaqinlashib kelayotgan shoularida xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga olib kelgan.

Teylor Svift Venadagi 'Ernst-Happel-Stadion'da payshanba, juma va shanba kunlariga rejalashtirilgan konsertini kechiktirishga majbur boʻlgan. Tadbir tashkilotchilari ham barchaning xavfsizligini taʼminlash uchun shoularni bekor qilishga qaror qilishdi.

Avstriya jamoat xavfsizligi direktori Frans Ruf 19 yoshli gumonlanuvchining konsertlarda terakt uyushtirishga boʻlgan harakatlari fosh qilinganini bildirgan. Rasmiylar gumonlanuvchining turar joyida portlovchi kimyoviy moddalarni topgan va hozirda tekshirish ishlari davom etmoqda.

Razvedka tashkilotlari Frans Rufning IShIDga aʼzo ekanligi va internetda radikal fikrlarni ilgari surib kelgani aniqlangan. Hibsga olishda Avstriyaning 'Kobra' maxsus guruhi yordam bergan. Rasmiylar gumonlanuvchining potentsial hujumga 'tayyorgarlik harakatlari' haqida maxsus razvedka tashkilotlari orqali xabar topgan.

Teylor Sviftning gastrol safari shu oyning oxirida Londondagi shoulari, keyin esa Kanadadagi chiqishlari bilan davom etadi. Noyabrda Torontoda, dekabrda Vankuverda konsert beradi. Venadagi konsertning bekor qilinganiga qaramay, Sviftning 'Eras Tour' butun dunyo boʻylab muxlislar tomonidan intiqlik bilan kutilmoqda.

Avvalroq, Virjiniyada Kamala Harrisga oʻlim bilan tahdid qilishgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut

19 Jul 21:29
 
78
0
qalampir.uz

Rossiyada WSJ muxbiri 16 yilga qamaldi

Sverdlovsk viloyat sudi amerikalik “Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni 16 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar berdi. "Gershkovich Evan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qat’iy rejimli koloniyada o‘tashga tayinlansin", deyiladi sud hukmida. “Wall Street Journal” muxbiri Moskvadagi Lefortovo sudi qarori bilan josuslik ishi bo‘yicha hibsga olingan. Avvalroq prokuratura unga

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul kuni Amerika xalqiga murojaatida ma’lum qildi. “Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, deydi Bayden. BBC xabariga

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

Oq uy rahbari oʻz nutqida ovoz berishga bir necha oy qolganida nega qayta saylanishdan voz kechganiga atroflicha izoh bermagan.'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi. Demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Hatto shaxsiy ambitsiyalar ham', dedi Bayden oʻz chiqishida.Ommaviy axborot vositalariga koʻra, janob Baydenning nutqi oʻz vitse-prezidentiga qilingan tanqidlarn