calendar 11 Aug 03:44
eye 26
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isroilning Gʻazodagi bombardimoni kuchaydi

image
Isroil askarlari Gʻazo boʻylab hujumlarini kuchaytirmoqda. Isroilliklar oʻtgan kun ichida Gʻazodagi 60 ta nishonga zarba berganini daʼvo qildi. Harbiy obyektlar va qurol-yarogʻlarning katta qismi yoʻq qilingan. Shuningdek, Rafah hamda Gʻazo markazida oʻnlab jangchilar qatorida tinch aholi halok boʻlgan. Yahudiy davlati kuchlari Jabaliya lageri yaqinidagi uyga zarba berib, 18 kishini yaraladi. Bir kishi qurbon boʻlgan.

Xon Yunisda ham jangovar operatsiyalar boshlangan. Isroil harbiylari bir qancha mahallalarni evakuatsiya qilishga buyurgan. Havo kuchlari HAMAS nishonlariga 30 dan ortiq zarba bergan. Gʻazo shahridagi bir nechta maktablardan boshpana topgan ayollar va bolalar oʻldirildi. Shuningdek, 9-iyun kuni ertalab Nuseyrat qochqinlar lageri yaqinida aholi turar-joyi nishonga olingan. Yarador va qurbonlar bor. Xon Yunisda faoliyat yuritayotgan HAMAS askarlari jang maydonida portlamay qolgan Isroil bombalaridan qoʻlbola portlovchi moddalar tayyorlayotgani aytilmoqda. Dushanba kuni HAMAS jangchilari Isroilning F-16 qiruvchi samolyotidan tiklangan bombani Xon Yunis sharqida isroillik kuchlarga hujum qilish uchun ishlatganliklarini aytishdi. Ayni damda tozalash operatsiyasini olib borish maqsadida aholini evakuatsiya qilishga chaqirilmoqda. Yevropa Ittifoqi Falastin maʼmuriyatiga ishgʻol qilingan Gʻarbiy Sohilda maosh va pensiyalarni toʻlashda yordam berish uchun 43 million yevro ajratdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch

19 Aug 07:04
 
37
0
xs.uz

Kurskdagi vaziyat: Tahlilchilar nima demoqda?

Mahalliy Telegram kanallar Rossiyaning turli shaharlarida bepul turarjoy takliflarini ko'paytirdi va hukumat evakuatsiya qilinganlarga kompensatsiya sifatida bir martalik 100 AQSH dollaridan ko'proq mablag' taklif qilgan. Jiddiy shikastlanganlarga esa 6500 AQSH dollari berilishi aytilgan.Rossiya ommaviy axborot vositalari ukrainaliklarning muvaffaqiyatini beixtiyor tan oldi. 'Zelenskiy rejimi kuchli qadam tashladi, natijada biz uchun unchalik ma'qul bo'lmagan xulosa va oqibatlar olib keldi', deg

20 Jul 12:27
 
57
0
qalampir.uz

Zelenskiy ham Tramp bilan uchrashadi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp kecha, 19 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social’dagi sahifasida yozdi. “Prezident Zelenskiy bilan bugun juda yaxshi telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Sizning keyingi prezidentingiz sifatida men dunyoga tinchlik o‘rnataman va ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan va son-sanoqsiz begunoh oilalarni vayron qilgan urushga barham beraman. Har ikki tomon

26 Jul 21:26
 
105
0
qalampir.uz

AQSHda dunyodagi eng qudratli narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Dunyoning eng qudratli narkobaronlaridan biri, Meksikaning “Sinaloa” karteli rahbari, “El Mayo” laqabi bilan tanilgan Ismael Zambada kecha, 25 iyul kuni AQSH federal agentlari tomonidan Texas shtatining El-Paso shahrida hibsga olindi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi xabar berdi. 76 yoshli Zambada bilan birga jinoiy tashkilot asoschilaridan biri, hozirda AQSH qamoqxonasida o‘tirgan Xoakin “El Chapo” Gusmanning o‘g‘li Xoakin Gusman Lopes ham hibsga oling