calendar 11 Aug 03:43
eye 31
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

image
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni Ostona shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o'tkazdi.

O'zbekiston bilan Turkmaniston o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi.

Joriy yil iyul oyida Toshkentda bo'lib o'tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig'ilishlari, shuningdek, Turkmaniston mahsulotlari ko'rgazmasining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

O'zaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, jumladan, sanoat, energetika, qishloq xo'jaligi, transport sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Hududlararo aloqalarni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
53
0
qalampir.uz

Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi

Bugun, 25 iyul kuni Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va bir yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, soat 00:30 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi 38-uy qarshisida haydovchi 2005 yilda tug‘ilgan A.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Y

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Toshkentda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro G‘.Yo. ga tegishli telefon va plastik kart

26 Jul 17:14
 
70
0
xs.uz

Andijonda 11-sinf oʻquvchisi kanalda oqib ketdi

Qayd etilishicha, 24-iyul kuni soat 13:30 larda S. S. Marhamat tumani 'Qovunchi' MFY hududidan oqib oʻtuvchi 'Katta Fargʻona' kanaliga choʻmilishga borgan va ehtiyotsizligi oqibatida suvda oqib ketgan.'Mazkur holat yuzasidan Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.Tergovga qadar tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi', deyiladi xabarda.

20 Jul 18:16
 
62
0
qalampir.uz

Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in chiqdi (video)

Bugun, 20 iyul kuni Toshkent shahridagi hali qurib bitkazilmagan binoda yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, soat 13:33 da Yashnobod tumani Katta Olmos  ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binolarning birida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:42 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 13:57 da o‘chirilgan.