calendar 26 Jul 10:20
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

image

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro G‘.Yo. ga tegishli telefon va plastik kartadan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlangan. U kripto-aktivni Telegram-messenjeriga yig‘gan va 20.000 dona notkoinni 150 AQSH dollari evaziga sotgan.

Sud qaroriga ko‘ra, yigit Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 155-4-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, G‘.Yo.dan bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, ya’ni 510.000 so‘m undirilishi belgilandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan bir dona telefon apparati tegishli tartibda yo‘q qilinishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda notkoin sotgan 19 yoshli yigit 7 sutkaga qamalgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 23:59
 
115
0
xs.uz

28-iyul kuni harorat 45 darajani tashkil qiladi

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +25html5-dom-document-internal-entity1-hellip-end+27 daraja, kunduzi +39...+41 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda

03 Sep 21:34
 
14
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 3-sentyabr kuni havo harorati biroz salqin boʻladi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 29-31'daraja bo'ladi.Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30'daraja bo'ladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgaruvchan

19 Jul 18:27
 
69
0
xs.uz

Namangandagi 10 ta hokimlik qabul qilgan hujjatlar qonunga zid deb topildi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning birinchi yarmi mobaynida Mingbuloq, Kosonsoy, Pop, Norin, Namangan, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Chust, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tuman hokimliklarida 'Raqobat toʻgʻrisida'gi qonun talablari ijrosi yuzasidan jami 4214 ta normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan oʻrganishlar olib borilgan.Unda ushbu tuman hokimliklarida tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib kel

26 Jul 10:21
 
57
0
xs.uz

“Prava” olish yanada murakkablashmoqda. Endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerak

Vazirlar Mahkamasining 'Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 408-sonli qaroriga (2018-yil 31-may) tegishli tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qayd etilishicha, mazkur qarorning 24-bandiga koʻra, endilikda 'oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari