calendar 26 Jul 10:21
eye 56
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Prava” olish yanada murakkablashmoqda. Endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerak

image
Vazirlar Mahkamasining 'Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 408-sonli qaroriga (2018-yil 31-may) tegishli tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qayd etilishicha, mazkur qarorning 24-bandiga koʻra, endilikda 'oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash yakuni boʻyicha bitiruvchilardan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, bemorni toʻgʻri transportirovka qilish koʻnikmalari yuzasidan amaliy imtihonlar qabul qilinadi.

Avvalroq Sogʻliqni saqlash vazirligining 'Yoʻl transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish toʻgʻrisida'gi tegishli buyrugʻi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgandi. Shunga asosan, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlarning mezonlari SSV tomonidan belgilanishi koʻzda tutilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, endilikda hujjat bilan voqea joyiga tibbiyot xodimlari yetib kelgunigacha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatadi. Bunday shaxslar qatoriga esa ichki ishlar xodimlari, harbiy xizmatchilar, milliy gvardiya xodimlari, favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari, haydovchilik guvohnomalari mavjud shaxslar kiritilgan.

Avvalroq, yangi milliy turizm brendi yaratilishi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 22:14
 
74
0
qalampir.uz

“O‘zbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini e’lon qildi

“O‘zbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha,“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan 2024 yilning iyul oyiga qadar respublikadagi jami 23 ming 273 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1 ming 960 ta holat aniqlangan

15 Jul 12:03
 
112
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Trampga hujumni qoraladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentligiga nomzod Respublikachi Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. “Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi. Davlatimiz rahbari ushbu zo‘ravonlik h

29 Jul 17:09
 
155
0
qalampir.uz

Farg‘ona hokimining 9 kunlik korxonaga bergan vakolati bekor qilinadi

Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorovning ochilganiga 9 kun bo‘lgan “Garden Catering Trade” korxonasiga topshirgan Quvasoy shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash huquqi bekor qilinadi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining QALAMPIR.UZ maqolasiga bergan munosabatida yozilgan. “Raqobat qo‘mitasi tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqilib, “Raqobat to‘g

26 Jul 10:21
 
40
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev tugʻilgan kuni munosabati bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, ushbu tabrik va tilaklarni, eng avvalo, Oʻzbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga va Oʻzbekistonning yorugʻ kelajagiga boʻlgan ishonch ifodasi sifatida qabul qiladi.'Fursatdan foydalanib, mehnatkash, bagʻrikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin yurakdan oʻzimning cheksiz farzandlik mehrim va hurmatimni bildiraman.Ishonchim komil, el-yurtimizning fidokorona mehnati, ulkan bunyodkorlik