calendar 20 Jul 18:16
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in chiqdi (video)

image

Bugun, 20 iyul kuni Toshkent shahridagi hali qurib bitkazilmagan binoda yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 13:33 da Yashnobod tumani Katta Olmos  ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binolarning birida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:42 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 13:57 da o‘chirilgan.                                                                                

“Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida binoning birinchi qavatidagi qurilish mahsulotlari yongan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in chiqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
94
0
qalampir.uz

Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi

"Henley & Partners" xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi.  Qayd etilishicha, O‘zbekistonda fuqarolik pasportiga ega bo‘lganlar 64 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniga ega. 2023 yilda O‘zbekiston ushbu reytingda 78-o‘rinni band qilgandi. Shu yilning boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra esa 80-o‘rinda bo‘lgan. O‘zbekistondan tashqari Kuba,

11 Jul 11:57
 
59
0
qalampir.uz

Samarqandda to‘y kortejida shovqin ko‘targan shaxslar qamaldi  

Samarqandning Urgut tumanida to‘y kortejidagi mashinalarga turli moslamalar o‘rnatib, YPX inspektorlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan haydovchilar qamaldi. Bu haqda viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, nikoh to‘yi marosimida harakatlangan bir to‘da kortej a’zolari guruh bo‘lib, turli xavfli manyovrlar bilan harakatlangan hamda avtomobiliga ruxsat etilmagan maxsus qurilma (migalka) o‘rnatgan va turli ko‘rinishdagi qo‘pol

15 Jul 12:03
 
40
0
qalampir.uz

Buxoroda eri xorijdan pul yubormagani uchun ayol bolalarini kaltakladi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol o‘zining qizlarini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.   Ma’lum qilinishicha, voqea Buxoro viloyati Jondor tumanida sodir bo‘lgan. Ayol turmush o‘rtog‘i xorijdan pul yubormagani uchun voyaga yetmagan chamasi 3-4 yoshlar atrofidagi ikki nafar egizak qizlari – F. va M.ni kaltaklagan. Ayolning eri bir necha yildan buyon Rossiyada ishlab kelmo

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi.  Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “M