calendar 15 Jul 12:03
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Buxoroda eri xorijdan pul yubormagani uchun ayol bolalarini kaltakladi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol o‘zining qizlarini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.
 

Ma’lum qilinishicha, voqea Buxoro viloyati Jondor tumanida sodir bo‘lgan. Ayol turmush o‘rtog‘i xorijdan pul yubormagani uchun voyaga yetmagan chamasi 3-4 yoshlar atrofidagi ikki nafar egizak qizlari – F. va M.ni kaltaklagan. Ayolning eri bir necha yildan buyon Rossiyada ishlab kelmoqda. Erining ular holidan xabar olmayotgani va yetarlicha pul jo‘natmayotganiga jahl qilib, ayol voyaga yetmagan qizlarini urib, kaltaklab, videotasvirga olgan va uni turmush o‘rtog‘iga jo‘natgan.

Hozirda holat yuzasidan Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahrida ota 14 yashar o‘g‘lini ayovsiz urgandi. Shuningdek, Toshkentda erkak to‘rt yashar nabirasini yuz qismiga urib, kaltaklagani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:34
 
12
0
xs.uz

Toshkent shahrining ikki tumanida ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi

Toshkent shahrining ikki tumani ' Bektemir va Yunusobodda bir kun davomida ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda 'Toshkent shahar suv taʼminoti' xabar berdi.Unga koʻra, 2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha katta hajmli suvoʻtkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 5-sentyabr soat 09:00 dan 6-sentyabr 21:00 ga qadar ichimlik suv bosimi pasayishi kuzatiladi hamda quyidagi hududlarda vaqtincha boʻlmaydi.

29 Jul 17:09
 
168
0
qalampir.uz

Farg‘ona hokimining 9 kunlik korxonaga bergan vakolati bekor qilinadi

Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorovning ochilganiga 9 kun bo‘lgan “Garden Catering Trade” korxonasiga topshirgan Quvasoy shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash huquqi bekor qilinadi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining QALAMPIR.UZ maqolasiga bergan munosabatida yozilgan. “Raqobat qo‘mitasi tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqilib, “Raqobat to‘g

08 Sep 16:44
 
6
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” kelgusi hafta avvalida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 9-sentyabrda 22-27 daraja; 10-11-sentyabrda 25-30 daraja boʻladi.Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻi

26 Jul 11:45
 
90
0
xs.uz

Savdo majmuasidagi holatga huquqiy baho berildi

Muxbirimiz ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Fargʻona viloyati boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻi Shavkat Akbarov bilan suhbatlashdi.' Bu holat tezkorlik bilan oʻrganib chiqildi, ' deydi Shavkat Akbarov. ' Maʼlum boʻlishicha, mazkur holat joriy yilning 24-iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir boʻlgan. Bozor maʼmuriyati bilan tadbirkor oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, tadbirkorlar oʻziga belgilab berilgan hudud va doʻkonlarda savdo qilishi koʻrsatib oʻtilga