calendar 26 Jul 11:45
eye 91
comments 0
comments Manba: xs.uz

Savdo majmuasidagi holatga huquqiy baho berildi

image
Muxbirimiz ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Fargʻona viloyati boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻi Shavkat Akbarov bilan suhbatlashdi.

' Bu holat tezkorlik bilan oʻrganib chiqildi, ' deydi Shavkat Akbarov. ' Maʼlum boʻlishicha, mazkur holat joriy yilning 24-iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir boʻlgan. Bozor maʼmuriyati bilan tadbirkor oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, tadbirkorlar oʻziga belgilab berilgan hudud va doʻkonlarda savdo qilishi koʻrsatib oʻtilgan. Shunday boʻlsada, koʻplab tadbirkorlar bozor ichki yoʻlaklarigacha mahsulotlarini chiqarib sotish holatlari aniqlanmoqda.



Bozor maʼmuriyati bu xaridorlarni bemalol harakatlanishi, favqulodda holatlar kelib chiqishi mumkinligi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borayotganda tadbirkorlar oʻrtasida oʻzaro tushunmovchilik yuzaga kelgan. Aytish joiz, ushbu holatda tadbirkor, xaridor va Milliy gvardiya xodimlaridan hech kim hech qanday tan jarohati olgani yoʻq. Shunga qaramay, har bir holat boʻyicha belgilangan tartibda maʼmuriy ishlar olib borilmoqda.

Ayni paytda Milliy gvardiya xodimlari bozor hududida belgilangan tartibda xizmat faoliyatini olib bormoqda. Shu bilan birga, sotuvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilib, yongʻin xavfsizligi xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda harakatlanish uchun maxsus avtotransport mashinalariga yoʻlaklar ochildi. Oʻrganish ishlari yakunida har bir holatga huquqiy baho beriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
16
0
xs.uz

OAV vakillari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari oʻtkazilgan muzokaralar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstona munosabatlarni rivojlantirishda tarixiy voqea boʻlganini katta mamnuniyat bilan taʼkidladi.Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifning asosiy natijalaridan biri sifatida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani alohida qayd etdi. Bu, Oʻzbekiston yetakchisi taʼkidlaganidek, davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashda yangi sahifa ochilganini anglatadi va tomon

22 Jul 21:37
 
69
0
qalampir.uz

Raqobat qo‘mitasi yana bir bankni jarimaga tortdi 

“AVO bank” AJ (raqamli bank) ga nisbatan reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, qo‘mitaga bankning mijozlarga ko‘rsatayotgan xizmatlarida noto‘g‘ri reklama tarqatayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan. Unda bank saytining “AVO bonuslari” sahifasidagi reklama axborotlarida “250 ming so‘m har

26 Jul 10:20
 
40
0
qalampir.uz

Polshada 2 o‘smirni pichoqlagan o‘zbekistonlik aslida jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi

Avvalroq, Polshada o‘zbekistonlik erkak 15 yoshli ikki o‘smirga pichoq bilan hujum qilgani xabar qilingandi. Biroq u mazkur holatda jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi. Bu haqda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xabar berdi.  “Xorijiy OAV vositalarida O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq jinoyat yuzasidan tarqalgan ma’lumotlarga oydinlik kiritish hamda hamyurtimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Varshava huquq-targ‘ibot idoralari bilan muloqot olib bor

26 Jul 10:21
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi

Gʻaniyev 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan. 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023-yil oktyabr oyid