calendar 22 Jul 21:37
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Raqobat qo‘mitasi yana bir bankni jarimaga tortdi 

image

“AVO bank” AJ (raqamli bank) ga nisbatan reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘mitaga bankning mijozlarga ko‘rsatayotgan xizmatlarida noto‘g‘ri reklama tarqatayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan. Unda bank saytining “AVO bonuslari” sahifasidagi reklama axborotlarida “250 ming so‘m har bir yangi mijozga”, “+250 000 so‘m sizga va AVOning har bir yangi mijoziga”, “Hisobingizga 250 ming so‘m olish” va “Kartaga 250 ming so‘m olish” kabi ma’lumotlar ko‘rsatilganligi, biroq bank tomonidan har bir yangi mijozga ushbu summadagi pullar berilmasligi aytilgan. Pul ko‘rinishidagi bonuslarni olish uchun bank mijozi ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi lozimligi, shunda ham mijozga 250 ming so‘m pul mablag‘i naqd pul ko‘rinishida taqdim etilmasdan, bankning mobil ilovasi orqali bonus ballari ko‘rinishida taqdim etilishi ma’lum qilingan.

Shuningdek, holat yuzasidan olib borilgan o‘rganish ishlari davomida bank veb-saytida “AVO bank O‘zbekistondagi eng qulay mobil bank” mazmunidagi, jumladan, turli manbalar orqali e’lon qilingan reklama axborotlarida “AVO bank” AJning “AVO Platinum” kredit kartasi haqida joylashtirilgan ma’lumotlarida “AVO platinum kredit kartasi – har qanday xarid uchun 0% stavka” hamda “AVO platinum kredit kartasi – 2 millionga xarid qilib, 2 million qaytarish” mazmunidagi iboralardan foydalangani kuzatilgan.

Vaholanki, bankning “AVO Platinum” kredit kartasi mablag‘laridan foydalanish shartlariga ko‘ra, mijozlarning ushbu kredit kartalari orqali amalga oshirgan xarid summalari uchun 45 kun davomida foizlar hisoblanmasligi, xarid amalga oshirilgan sanadan 45 kun o‘tgach ushbu pul mablag‘lari uchun belgilangan tartibda kredit foizlari hisoblanishi ma’lum bo‘lgan.

Yuqoridagi holatlar inobatga olinib, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining 16-moddasi 1-qismi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasi 1-qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan “AVO bank” AJga nisbatan reklama va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi oqibatida belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq noto‘g‘ri reklamaga yo‘l qo‘yilishi ortidan “Ipotekabank” ham jarimaga tortilgandi. Shuningdek, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i ham jarima to‘lashi xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
40
0
xs.uz

Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qoʻmitasi qarori ustidan shikoyatini rad etdi

Qoʻmita tomonidan mineral oʻgʻitlar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan 'Navoiyazot' AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida narx manipulyatsiyalari holatlari aniqlangandi.'Navoiyazot' AJ tomonidan mazkur qaror va koʻrsatma ustidan Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudiga shikoyat qilingan boʻlib, mazkur qaror va koʻrsatmani haqiqiy emas deb topish soʻralgan.Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2024-yil

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev tugʻilgan kuni munosabati bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, ushbu tabrik va tilaklarni, eng avvalo, Oʻzbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga va Oʻzbekistonning yorugʻ kelajagiga boʻlgan ishonch ifodasi sifatida qabul qiladi.'Fursatdan foydalanib, mehnatkash, bagʻrikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin yurakdan oʻzimning cheksiz farzandlik mehrim va hurmatimni bildiraman.Ishonchim komil, el-yurtimizning fidokorona mehnati, ulkan bunyodkorlik

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi

19 Jul 19:13
 
52
0
qalampir.uz

18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish taqiqlanmoqda

O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish marosimlarini o‘tkazish taqiqlanishi kutilmoqda. Bu haqdagi tegishli qonun loyihasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqildi va muhokamaga qo‘yildi. Qonun loyihasida 18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish marosimlarini o‘tkazishni taqiqlash nazarda tutilgan. Shuningdek, nikohga kiruvchilar arizasiga ko‘ra homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqa