calendar 26 Jul 10:21
eye 38
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev tugʻilgan kuni munosabati bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi

image
Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, ushbu tabrik va tilaklarni, eng avvalo, Oʻzbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga va Oʻzbekistonning yorugʻ kelajagiga boʻlgan ishonch ifodasi sifatida qabul qiladi.

'Fursatdan foydalanib, mehnatkash, bagʻrikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin yurakdan oʻzimning cheksiz farzandlik mehrim va hurmatimni bildiraman.

Ishonchim komil, el-yurtimizning fidokorona mehnati, ulkan bunyodkorlik salohiyati va hamjihatligi bilan Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha oʻz oldimizga qoʻygan buyuk maqsadlarga albatta yetamiz','deya qoʻshimcha qilgan prezident.

Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni 67 yoshga toʻldi. Oʻzbekiston yetakchisiga xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelgan. Maktublarda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekiston davlatchilikni mustahkamlash, xalq farovonligini yuksaltirish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yoʻlida ulkan yutuqlarga erishayotgani taʼkidlangan.

Shuningdek, Prezidentga mustahkam sogʻlik, uzoq umr va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilaklari, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga qatʼiy intilish bildirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 17:30
 
188
0
qalampir.uz

Abdulla Aripov qozog‘istonlik mavqedoshi bilan uchrashdi

Joriy yilning 11-12 iyul kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 21-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hukumat portalida xabar berildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda so‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shni

15 Jul 12:03
 
126
0
qalampir.uz

2,3 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Namanganda o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan MCHJ rahbariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar berdi.  Qayd etilishicha, Norin tumanidagi “B.M.F.” MCHJ norasmiy rahbari Sh.U. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 2 mlrd 365 mln so‘mlik (2 mln 128 ming kVt•soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagan. Mazkur holat yuzasidan Sh.U.

23 Jul 11:35
 
84
0
xs.uz

Yangi milliy turizm brendi yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, Oʻzbekistonning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi milliy turizm brendi (tanitish belgisi) ya

23 Jul 11:51
 
112
0
xs.uz

Avia, temiryoʻl va avtobus qatnoviga chipta olish imkonini beradigan yagona platforma ishga tushiriladi

2024-yil 1-dekabrgacha xorijiy mamlakatlar kesimida xalqaro turizm koʻrgazmalarida namoyish qilish uchun madaniy, gastronomik va hunarmandchilik kontenti ishlab chiqiladi.2024-yil 1-dekabrgacha barcha avia, temiryoʻl va avtobus qatnovlari haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi.Transport vazirligi: