calendar 23 Jul 11:35
eye 104
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yangi milliy turizm brendi yaratiladi

image
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Oʻzbekistonning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi milliy turizm brendi (tanitish belgisi) yaratiladi.

Qayd etilishicha, turizm qoʻmitasi 2024-yil 1-oktyabrgacha yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov oʻtkazadi. Shuningdek, 2024-yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik media-kampusini tashkil qilinishi, 2024'2025-yillarda auditoriyasi 10 milliondan ortiq boʻlgan 50 nafargacha xorijiy jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlarni jalb qilinishi ham ushbu farmonga muvofiq amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi boʻlgan 3 kundan kam boʻlmagan biznes tadbirlarni Oʻzbekiston hududida tashkil qilgan tadbirkorlar 2028-yil 1-yanvargacha ushbu biznes tadbirlarni tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda soligʻini ushbu soliq boʻyicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.

Avvalroq, energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:20
 
19
0
xs.uz

Bayonnoma tuzilgan “BYD Song” avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi

30-yanvar kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yoʻl-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli fuqaro M.Gʻ. amakisiga tegishli 'BYD Song EV' avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlanib unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.Shundan soʻng YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganida 17 yoshli X.N. ustoziga tegishli 'Damas' avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib,

31 Jan 15:20
 
20
0
xs.uz

Intiluvchan yigit qay tariqa niyatiga yetdi?

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Vobkentdagi kasb-hunar kollejini tugatgan Abdurahmon Ahmedov zarurat yuzasidan savdo doʻkonlariga kirar ekan, peshtaxtalar xorijiy mahsulotlar bilan toʻlaligini koʻrib, oʻz-oʻziga 'Nahotki, bolalar oʻyinchoqlari, qoʻyingki, oddiy paypoqni ham oʻzimizda ishlab chiqarish imkoni boʻlmasa?' deya savol berardi.Unda shu tariqa qishloqda paypoq ishlab chiqaradigan chogʻroq korxona ochish niyati tugʻildi. Maqsad-ku yaxshi. Ammo uni roʻyobga chiqarish anoyi ish

31 Jan 15:20
 
25
0
xs.uz

Farosatida nuqsoni borlarni jazolash orqali jamiyatni oʻzgarishiga hissa qoʻshmoqchimiz — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov uni haqorat qilayotganlarni javobgarlikka torttirmoqchi. Deputat 23-yanvar kuni oʻzining Telegram kanalida qoldirgan xabari tufayli keng jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlgan edi.'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin. Tilla qatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oq

31 Jan 15:20
 
20
0
xs.uz

“Hayotning oʻzi katta teatr...”

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Elimizning sevimli sanʼatkori, taniqli kino va teatr aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupov bilan Fargʻona shahri koʻchalarida birga yursangiz, hamma kulib qarayotganini sezib qolasiz. Bu biroz noqulay, ammo yoningizdagi insonning xalqimiz orasida mashhurligini tushunib yetgach, ushbu holat tabiiy ekanligini anglaysiz.Bu aktyor dramaturg Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan 'Temir xotin' spektaklidagi Qoʻchqorboy roli orqali mashhur