calendar 19 Jul 19:13
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish taqiqlanmoqda

image

O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish marosimlarini o‘tkazish taqiqlanishi kutilmoqda. Bu haqdagi tegishli qonun loyihasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqildi va muhokamaga qo‘yildi.

Qonun loyihasida 18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish marosimlarini o‘tkazishni taqiqlash nazarda tutilgan. Shuningdek, nikohga kiruvchilar arizasiga ko‘ra homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda (emansipatsiya) nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkinligi belgilanmoqda.

Xususan, quyidagilar uchun jarimalar miqdorini oshirish belgilanmoqda:

  • nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish – BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3,4 million so‘mdan 5,1 million so‘mgacha). Amalda BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha;

  • ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish – BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha (5,1 million so‘mdan 6,8 million so‘mgacha);

  • nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish – BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (6,8 million so‘mdan 10,2 million so‘mgacha);

  • qonunda o‘rnatilgan nikoh tuzish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tartib va shartlarni buzish – BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (5,1 million so‘mdan 10,2 million so‘mgacha).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 13:48
 
75
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy”ning akasi 10,5 yilga qamaldi

Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy”ga oid ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinmoqda. Mazkur ish doirasida Baxtiyor Qudratullayevning akasi Shuhrat Qudratullayev 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi. Sud hukmiga ko‘ra, Shuhrat Qudratullayev xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan. Davlat ayblovc

20 Jul 17:08
 
70
0
qalampir.uz

Maqsad abituriyentlarni yiqitishmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi vaqtlarda test sinovlarida qatnashgan abituriyentlar huquq fanidan testda darsliklarda mavjud bo‘lmagan ma’lumotlardan, xususan, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar tushganligi to‘g‘risida shikoyat qilishmoqda. QALAMPIR.UZ shu vaziyat yuzasidan vujudga kelgan savollar bilan Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarovga yuzlandi.  Uning so‘zlariga ko‘ra, u test topshiriqlari bilan hali tanishib ulgurmagan, savollariga ma

28 Jul 14:15
 
86
0
xs.uz

Toshkentda erkak 7 tup 35 mln soʻmlik qoraqaragʻayni oʻgʻirlab ketdi

Maʼlum qilinishicha, Yunusobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga joriy yilning 6-iyul kuni nomaʼlum kimsa 51-yoshli E.V.ga tegishli fermer xoʻjaligi hududiga kirib, 7 tup 35 mln soʻmlik qoraqaragʻayni oʻgʻirlab ketgani haqida xabar kelib tushgan.Koʻrilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlangan 35 yoshli T.D. (erkak) ushlangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻirlik) bilan jinoy

19 Aug 07:03
 
13
0
xs.uz

Yalpi majlisda Suv xo‘jaligi vazirligining axboroti eshitildi

Senatning ellik beshinchi yalpi majlisida Suv xo'jaligi vazirligining suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, sohaning boshqarish mexanizmlarini hamda qonunchilik bazasini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan axboroti eshitildi. Ta'kidlanganidek, Senat suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sohaning qonunchilik bazasini mustahkamlash vazifalari ijrosiga alohida e'tibor qaratgan