calendar 19 Jul 13:48
eye 128
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy”ning akasi 10,5 yilga qamaldi

image

Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy”ga oid ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinmoqda. Mazkur ish doirasida Baxtiyor Qudratullayevning akasi Shuhrat Qudratullayev 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.

Sud hukmiga ko‘ra, Shuhrat Qudratullayev xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

Davlat ayblovchisi suddan qo‘lga olinganda tovlamachilikda ayblangan Shuhrat Zafarovich Qudratullayevga 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni so‘ragan.

Prokurorga ko‘ra, Shuhrat Qudratullayevga qo‘yilgan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) o‘z tasdig‘ini topgan. Davlat ayblovchisi sudlanuvchi 2017 yilda shartli ozod etilgani va o‘talmay qolgan jazosi borligi inobatga olinib, uni Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Retsidiv jinoyat)ga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topish va 11 yil ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq sud Baxtiyor Qudratullayevни 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, mazkur ish doirasida sudlanganlar orasidagi yagona ayol sudlanuvchi Nargiza Жuманиёзоvaни esa 4 yil-u 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
3
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk

01 Jun 03:47
 
8
0
xs.uz

Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib borgan shaxs javobgarlikka tortildi

Unga koʻra, tekshiruv davomida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi fuqaro I.I. oʻziga tegishli texnika vositalari yordamida daryo tubidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, transport vositalariga ortganligi aniqlandi.Huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 30 baravari, yaʼni 11 million 250 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, huquqbuzarning texnika vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.Shuningdek, tabiatga yet

31 May 08:49
 
7
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

31 May 08:49
 
1
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na