calendar 11 Aug 03:43
eye 27
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston quruvchilarini kasb bayrami bilan tabrikladi

image
Hurmatli do'stlar!

Avvalo, o'z hayotini dunyodagi eng sharafli kasblardan biri bo'lgan qurilish sohasiga bag'ishlagan siz, azizlarni qutlug' kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o'zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Hech shubhasiz, bugun biz ko'p millatli xalqimiz bilan birgalikda barpo etayotgan Yangi O'zbekistonda yuz berayotgan eng muhim o'zgarishlar haqida so'z yuritganda, barcha mintaqa va hududlarimizni qamrab olgan keng ko'lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari haqida alohida fikr yuritishimiz tabiiydir.

Chindan ham, so'nggi yillarda yurtimiz ulkan qurilish va bunyodkorlik mamlakatiga aylandi. Xalqimizning ko'z o'ngida qad rostlayotgan zamonaviy turar-joylar, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish majmualari, muhandislik-kommunikatsiya, yo'l va transport tarmoqlari, ta'lim-tarbiya, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport muassasalari, bog' va xiyobonlar, obod shahar va qishloqlarimiz qiyofasida sizlarning beqiyos kuch-g'ayratingiz, yuksak salohiyat va mahoratingiz mujassam ekanini e'tirof etgan holda, barchangizni yangi hayot bunyodkorlari deya e'zozlab, fidokorona mehnatingiz uchun chin dildan tashakkur bildiramiz.

Qadrli bunyodkorlar!

Ma'lumki, hozirgi kunda qurilish sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida qurilish ishlari hajmi 2023 yilga nisbatan 10 foizdan ziyod ortib, salkam 80 trillion so'mga yetgani, sohaning yalpi ichki mahsulotimizdagi ulushi 6 foizdan 'ko'proqni tashkil etayotgani buning yaqqol tasdig'idir.

Eng asosiysi, barcha sohalar qatori qurilish tarmog'idagi ulkan ishlarimiz ham inson qadrini ulug'lash, uning hayotiy manfaatlarini ta'minlashga qaratilmoqda. O'tgan yili birgina investitsiya dasturi doirasida 2 ming 526 ta ijtimoiy va infratuzilma obyektlarida qurilish va rekonstruksiya ishlari bajarilgani, 'Tashabbusli budjet' tizimi asosida mahallalarimizdagi 4 mingdan ortiq obyektda 4,5'trillion so'mlik qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgani ham shundan dalolat beradi.

Ayniqsa, keyingi yillarda xalqimiz uchun zamonaviy uy-joylar barpo etish bo'yicha misli ko'rilmagan natijalar qo'lga kiritilayotganini ta'kidlash lozim. Oxirgi yetti yarim yilda jami 412 mingta kvartiradan iborat yoki 26 million kvadrat metrlik qariyb 10 mingta uy-joylar barpo etilgani misolida bunga to'la ishonch hosil qilish mumkin.

Bu ishlarimizning davomi sifatida joriy yilda 52 ta hududda 'Yangi O'zbekiston' massivlari bunyod etilmoqda. 'Yangi Toshkent' va Olimpiya shaharchasi kabi mega obyektlarimizda ham bunyodkorlik ishlari yuqori sur'atlar bilan olib borilmoqda. Sohada 'yashil' standartlar, energiyani tejaydigan yangi texnologiyalar, 'aqlli shahar', 'aqlli uy' tamoyillari faol qo'llanmoqda.

Qurilish sohasida birinchi marta yuqori malakali kadrlar, mustahkam materiallar, mashina va mexanizmlar bazasi hamda mezonlarni o'zida ifoda etadigan resurslar milliy klassifikatori shakllandi, mutaxassislarni sertifikatlash tizimi joriy qilinib, Kompetensiyani rivojlantirish instituti tashkil etildi.

Hurmatli bayram ishtirokchilari!

Qurilish sohasini bugungi shiddatli zamon talablariga mos holda rivojlantirish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini o'rganish va ularning ijrosi bo'yicha jamoatchilik nazoratini o'rnatish bugungi kunda g'oyat dolzarb ahamiyatga ega.

Shuningdek, loyiha tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, qurilish materiallari bozorini tartibga solish, raqamlashtirish ishlarini chuqurlashtirish, bino va inshootlarda qulay va ekologik xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, energiya samaradorligini oshirish, qurilish ishlari jarayonida xavfsizlik va ta'sirchan nazoratni ta'minlash bo'yicha oldimizda katta vazifalar turganini siz ' sohada katta bilim va tajribaga ega bo'lgan ishchi va quruvchi, me'mor va muhandislar, olim va mutaxassislar yaxshi bilasiz.

Ishonchim komil, sizlar ana shunday murakkab va mas'uliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda yanada jonbozlik ko'rsatib, qurilish sohasi ravnaqini yangi bosqichga olib chiqasizlar.

Albatta, soha vakillarining mashaqqatli mehnatini rag'batlantirish, ish va turmush sharoitlarini yaxshilash masalalariga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Siz, azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, tuganmas kuch-g'ayrat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman.

Jonajon Vatanimizni har tomonlama go'zal va obod etishda sizlarga yangi zafar va omadlar yor bo'lsin!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
58
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

26 Jul 10:20
 
58
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi kiyim bozorida janjal chiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona shahar savdo majmuasi”da tadbirkorlar o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, holat kecha, 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, bozor ma’muriyati bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tadbirkorlar o‘ziga belgilab berilgan hudud va do‘konlarda savdo qilishi ko‘rsati

22 Jul 11:23
 
53
0
xs.uz

Sirdaryoda sotuvchi QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli bolani doʻkon sotuvchisi urgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan sotuvchiga maʼmuriy javobgarlikka oid ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani maʼlum qildi.Maʼlum qilinishicha, 20-iyul kuni bolalar ombudsmaniga bolaning onasi D.J. murojaat qilib, farzandi (2011-yilda tugʻilgan) Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi doʻkonda xarid qilganda QR kodli chek soʻragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bil

22 Jul 16:55
 
58
0
xs.uz

Soliq toʻlovchilarga qaytarilgan QQS summasi 10 trillion soʻmdan oshdi – Fiskal tahlillar

Maʼlum qilinishicha, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida jam 4 ming 641 ta ariza boʻyicha 2 ming 798 ta tashkilotga 10 trillion 693,8 million soʻm QQS qaytarilgan.Eng koʻp qaytarilgan QQS sohalar kesimida quyidagicha ketma-ketlikda joylashgan:1. Ishlab chiqarish (5 trillion 191,3 milliard soʻm);2. Xizmat koʻrsatish (1 trillion 351,1 milliard soʻm);3. Savdo (614,8 milliard soʻm).'Fiskal tahlillar' portaliga koʻra, qoplab berilgan QQS summasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,3% oʻsg