calendar 22 Jul 11:23
eye 51
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sirdaryoda sotuvchi QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirdi

image
Ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli bolani doʻkon sotuvchisi urgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan sotuvchiga maʼmuriy javobgarlikka oid ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, 20-iyul kuni bolalar ombudsmaniga bolaning onasi D.J. murojaat qilib, farzandi (2011-yilda tugʻilgan) Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi doʻkonda xarid qilganda QR kodli chek soʻragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirib, sotuvchiga qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

'Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Guliston shahridagi savdo doʻkoni sotuvchisi Z.A. (erkak kishi) jamoat joyida soʻkinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik yuzasidan sodir qilgan xatti-harakatlari uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan maʼmuriy javobgarlikka oid ish qoʻzgʻatilib, ish hujjatlari jinoyat ishlari boʻyicha Guliston shahar sudiga yuborildi', deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 11:03
 
64
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Eronning yangi Prezidenti bilan gaplashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 iyul kuni Eron Islom Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi g‘alabasi bilan samimiy qutlab, mas’uliyatli davlat lavozimida katta muvaffaqiyatlar tilagan. "O‘zbekiston-Eron munosabatlarini y

15 Jul 12:03
 
44
0
xs.uz

Bolajonlar uchun bilim va tarbiya maskani

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-maydagi 'Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarorida bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlari bilan qamrab olish darajasini oshirish, maktab taʼtillari davrida boʻsh paytlarini mazmunli oʻtkazishini tashkil etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va sogʻlomlashtirish ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator vazifalar b

12 Jul 16:44
 
62
0
xs.uz

Buxoroda “электросеть” qoʻshib yozgani aniqlandi. Raqobat qoʻmitasi korxonaga nisbatan nisbatan ish qoʻzgʻatdi

Shu munosabat bilan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi maxsus komissiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda 'Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi' AJning 'Buxoro hududiy elektr tarmoqlari' AJga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.Maʼlum boʻlishicha, 'Bahouddin Naqshband' yodgorlik majmuasi markazi tomonidan qoʻmitaning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga kelib tushgan murojaatda elek

11 Jul 15:12
 
50
0
xs.uz

Toshkent shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish va ekologik vaziyat holati Senatda muhokama qilindi

Oliy Majlis Senatining ellik toʻrtinchi yalpi majlisida parlament nazorati doirasida Toshkent shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish va ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holati koʻrib chiqildi.Majlisda poytaxtda tadbirkorlikni rivojlantirish va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha qator ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi.Xususan, Toshkent shahrida 2024-yil 1-aprel holatiga faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 135,1 mingtani tashkil et