calendar 18 Jul 11:03
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev Eronning yangi Prezidenti bilan gaplashdi

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 iyul kuni Eron Islom Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi g‘alabasi bilan samimiy qutlab, mas’uliyatli davlat lavozimida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

"O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, investitsiya va transport sohalaridagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar, aviaqatnovlar soni ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, avval erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyul kuni Eronda prezidentlik saylovining ikkinchi turi bo‘lib o‘tgan va unda reformator Mas’ud Pezeshkiyon va konservator Said Jaliliy bellashgandi. 6 iyul kuni e’lon qilingan natijalarga ko‘ra, Pezeshkiyon 53,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Jaliliy esa 44,3 foiz ovoz oldi. Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tabriklab, maktub yo‘lladi va unda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
8
0
xs.uz

Yangi Darxondagi omborxonada kuchli yongʻin kelib chiqdi

24-avgust kuni Toshkent shahar Yangihayot tumani, Yangi Darxon koʻchasida joylashgan omborxonada kuchli yongʻin sodir boʻldi.Toshkent shahar FVBning maʼlum qilishicha, ayni vaqtda yongʻin-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yongʻinni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Vaziyat nazorat ostida ekanligi aytilmoqda.Hodisa oqibatida tan jarohat olish va halok boʻlish holatlari toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining

29 Jul 16:13
 
105
0
qalampir.uz

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti taqsimoti tasdiqlandi

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Unga ko‘ra: Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111; Andijon viloyati – 183; Buxoro viloyati – 112; Jizzax viloyati – 81; Qashqadaryo viloyati – 193; Navoiy viloyati – 60; Namangan viloyati – 165; Samarqand viloyati – 227

24 Aug 17:26
 
9
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi hududlarning master rejalari ishlab chiqiladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 497-son qarori bilan Hududning master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.Prezidentning 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-299-son qaroriga muvofiq, shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, hududlar qismlarining yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda hududiy va iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun master-rejalarni ishlab ch

19 Jul 11:30
 
71
0
qalampir.uz

O‘zbekiston va Qirg‘iziston birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

"Ko‘ksaroy" qarorgohida Qirg‘iziston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat birinchi xonimlari Ziroat Mirziyoyeva va Oygul Japarova uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Qayd etilishicha, davlat rahbarlarining rafiqalari qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashgan. Shuningdek, birinchi xonimlar Qibray