calendar 11 Aug 03:43
eye 36
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda 25 yoshli qizning yonidan narkotik topildi

image
Toshkent shahrida 25 yoshli qizning yonidan narkotik modda topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumaniga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalyon YPX inspektorlari tomonidan 'Monza' rusumli avtomashina toʻxtatilib, tekshirilganda haydovchi 37 yoshli D.E. hamda yoʻlovchilari 24 yoshli A.A. va 25 yoshli K.E.larning koʻrinishi va xatti-harakatlari xodimlarda shubha uygʻotgan.

Xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina yoʻlovchisi K.E. yonidan 2 dona shprisda nomaʼlum narkotik moddasiga oʻxshash suyuqlik va 4 dona psixotrop dori vositasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolar hamda aniqlangan moddalar Yashnobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

Shuningdek, oʻsha kuni Bektemir tumaniga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon YPX inspektori serjant A.Oʻtbosarov tomonidan 'Lada' rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirilgan. Unda haydovchi 20 yoshli R.S. hamda yoʻlovchisi 22 yoshli R.R.larning koʻrinishi va xatti-harakatlari, xodimlarda shubha uygʻotgan.

Xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina yoʻlovchisi R.R.ning yonidan quritilgan yashil rangli, oʻtkir hidli giyohvandlik moddasiga oʻxshash oʻsimlik topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolar hamda aniqlangan moddalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Aralash saylov tizimi – siyosiy partiyalar faolligining oʻziga xos drayveri

MushohadaJamiyatimizda mafkuraviy xilmaxillik, koʻp fikrlilik shakllanib borayotgani sababli siyosiy partiyalar oʻrtasida ham oʻziga xos bahs-munozaralar kechmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya boʻlib, ular tomonidan samarali ishlar olib borilyapti. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 22-avgustda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda 'Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas boʻlib, uning oʻtkir talablari

29 Jul 15:39
 
51
0
xs.uz

Namanganda ikki yigit bank xodimini 3-qavat derazasidan uloqtirib yubordi

Namangan shahrida 'Agrobank' xodimini oʻz tanishlari 3-qavatdan tashlab yubordi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.Bildirilishicha, voqea Namangan shahar Obihayot MFY Ibrat koʻchasida joylagan 10-uyda sodir boʻlgan. 36-xonadonda ijara asosida yashab kelayotgan 22 yoshli X.M. hamda uning tanishi N.L. bilan birgalikda 21 yoshli A.M. (Bank kassiri) bilan oʻzaro janjallashib ketib, A.M.ni qasddan oʻldirish maqsadida xonadoning yotoqxona oy

20 Jul 15:31
 
60
0
xs.uz

Samarqandda somonpoyani yoqib yuborgan fermer xoʻjaligi 244,8 mln soʻm jarimaga tortildi

Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida gʻalladan boʻshagan yerdagi somon poyalarini yoqib yuborgan fermer xoʻjaligi jarimaga tortilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Kattaqoʻrgʻon tumani Yakkabogʻ MFY hududida 'X.Sh.' fermer xoʻjaligining 8.8 gektar yerida gʻalladan boʻshagan somonpoya yoqib yuborilgan. Oqibatda dala maydoni atrofida oʻsib turgan 240 tup tut daraxtlari shikastlangan.Holat Kattaqoʻrgʻon tuman Ekologiya atrof-muhitn

26 Jul 10:21
 
38
0
xs.uz

Aralash saylov tizimi – siyosiy partiyalar faolligining oʻziga xos drayveri

MushohadaJamiyatimizda mafkuraviy xilmaxillik, koʻp fikrlilik shakllanib borayotgani sababli siyosiy partiyalar oʻrtasida ham oʻziga xos bahs-munozaralar kechmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya boʻlib, ular tomonidan samarali ishlar olib borilyapti. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 22-avgustda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda 'Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas boʻlib, uning oʻtkir talablari