Venesuela muxolifati ovozlarni qalbakilashtirishga yo'l qo'yilganini ta'kidlab, natijalarga e'tiroz bildirmoqda. Ular Maduroning 11 yillik hokimiyatidan keyin uni chetlashtirish uchun Edmundo Gonsales nomzodini ilgari surgan.
Karakasdagi tarafdorlari oldida chiqish qilgan Maduro o'zining qayta saylanishini tinchlik va barqarorlik g'alabasi ekanligini aytdi. Shuningdek, u mamlakat saylov tizimini maqtab, shaffof deb ta'riflagan.'
AQSH Davlat kotibi natija e'lon qilinganidan keyin o'z shubhasini bildirgan. Entoni Blinkenning aytishicha, Qo'shma Shtatlar e'lon qilingan natija Venesuela xalqining irodasi yoki ovozini aks ettirmasligidan jiddiy xavotirda.
Muxolifat vakillari hukumat ovozlarni soxtalashtirishidan qo'rqib saylov uchastkalariga o'z guvohlarini jo'natishgan. Ammo Gonsales boshchiligidagi koalisiya matbuot kotibining aytishicha, ko'plab guvohlar saylov uchastkalaridan ketishga majbur bo'lgan.'
Ijtimoiy so'rovlar Gonsalesga Madurodan katta ustunlik bergan. Saylovchilar Ugo Chaves davrida va uning o'limidan keyin hokimiyatni qo'lga kiritgan Maduro davrida ham yirik o'zgarishlardan umid qilib kelgan. Ammo ular nafaqt ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi, balki, sud hokimiyatining katta qismini o'z nazoratlariga olgan edi.
Eslatib o'tamiz, Venesuelada ovoz berish elektron tarzda hisoblanadi. Saylovchilar ovoz berish mashinasida o'zlariga ma'qul kelgan nomzodga ovoz beradi.'
Elektron natijalar Milliy Saylov Kengashi shtab-kvartirasiga yuboriladi. Shu bilan birgalikda mashina qog'oz kvitansiyani ham chop eta oladi. Undan so'ng saylov qutisiga joylashtiriladi.
Turkmanistonda Maxtumqulining 300 yilligi nishonlanmoqda — Fotoreportaj
Buyuk mutafakkir, turkman adabiyotining mumtoz qahramoni Maxtumquli Firog'iyning ijodiy merosini oʻrganish, targʻib etish va kelajak avlodlarga yetkazish, madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitish yoʻlida hamda Turkmaniston Prezidentining 2024-yil 9-oktabrdagi 469-sonli farmoniga muvofiq doʻstlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasini hisobga olgan holda va xalqlar ohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endrtasidagi hamkorlik uchun Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat unive
Kinolog yosh bolalar bor uylar uchun eng xavfli it zotlari haqida maʼlumot berdi
AQSHlik kinolog yosh bolalar boʻlgan uylarda saqlash xavfli boʻlgan itlar zoti haqida maʼlumot berdi.Floridalik Garret Ving huquq-tartibot idoralarida 18-yil davomida kinolog boʻlib ishlagan va keyinchalik itlarni xususiy ravishda oʻrgatishni boshlagan.U Tibet mastifini bolalar uchun eng xavfli itlar roʻyxatida uchinchi oʻringa qoʻydi. Mutaxassisning fikricha, ularning boʻyi 65 santimetrdan, vazni esa 68 kilogrammgacha yetishi mumkin.'Bunday it boʻrilar toʻdasi bilan kurashishga qodir
Isroil mudofaa vaziri AQSHga safarini nega bekor qildi?
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant AQSHga tashrifini bekor qildi. Toʻxtatilgan sayohat Isroilning Eronning raketa hujumiga javob qaytarishiga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi. Vazir AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashishi kerak edi.Pentagon matbuot kotibi bu maʼlumotni tasdiqladi va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefonda gaplashmaguncha va Isroilning Eronga javobini maʼqullamaguniga qadar tashrif toʻxtatilgani haqidagi xabarlarga izo
Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimdagi neft terminaliga zarba berdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush muhim bosqichga kirganini maʼlum qilganidan keyin mamlakat harbiylari bosib olingan Qrimdagi Rossiyaning urush harakatlari uchun muhim boʻlgan yirik neft terminaliga zarba berganini aytdi.'Tunda Qrimning vaqtincha bosib olingan Feodosiya shahridagi dushmanning dengizdagi neft terminaliga muvaffaqiyatli zarba berildi', ' deyiladi ukrainalik harbiylar tomonidan tarqatilgan xabarda.Moskva ham, Kiyev ham qimmatga tushayotgan urushni qanday davom ettirish