calendar 28 Jul 23:50
eye 125
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Parij–2024: Lazizbek Mullojonov italiyalik raqibini mag‘lub etdi

image

Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Lazizbek Mullojonov italiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ham o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. 92 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Mullojonov ilk bosqichda Italiya sharafini himoya qilayotgan Aziz Abbos Muxiddinga qarshi jang qildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi hamda chorak finalga yo‘l oldi. Mullajonov yarim final yo‘llanmasi uchun 1 avgust kuni jang qiladi.

Unga o‘sha kuni Buyuk Britaniya vakili Patrik Jeyms Braun va braziliyalik Keno Machado jangi g‘olibi raqiblik qiladi. Ular o‘rtasidagi jang bugun 23:15 dan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dzyudo sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova yaponiyalik amaldagi Olimpiya chempionini mag‘lub qilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 20:17
 
119
0
xs.uz

27-iyul kuni Olimpiadada qatnashadigan oʻzbekistonlik sportchilar maʼlum (roʻyxat)

Ushbu bahslar telekanallarda soat 13:00 dan keyin efirga uzatila boshlaydi. Bu vaqtda Doston Roʻziyev va Halimajon Qurbonova dzyudo boʻyicha tatamiga chiqishadi.13:15 dan boshlab Anna Prakaten ishtirokidagi akademik eshkak eshish boʻyicha musobaqalar boshlanadi. Anastasiya Zelinskaya esa 14:12 da suzish bahslarida kurashga qoʻshilishi, ayni shu sport turida qatnashayotgan yurtdoshimiz Ilya Sibirsev esa 14:45 da bahslarga kirishishi maʼlum boʻlgan.Velosport sport turi boʻyicha 17:30 dan bo

20 Jul 11:55
 
81
0
qalampir.uz

Shohasan Mirzamatov raqibini “uxlatib qo‘ydi”

Kecha, 19 iyul kuni o‘zbekistonlik MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov navbatdagi jangida qozog‘istonlik Mohir Mamedovga qarshi oktagonga chiqib, g‘alaba qozondi. Olmaota shahrida o‘tkazilgan Octagon 60 turnirida Mirzamatov 2-raundning 3-daqiqasini yakunlayotgan paytda mezbon sportchining qorniga tizza bilan zarba berib, raqibini oktagonga qulatdi.  Shunday qilib, 33 yoshli Mirzamatov faoliyatidagi 13-g‘alabasini tantana qildi.  Ma’lumot uchun, Mirzamatov navbatdagi

26 Jul 10:19
 
55
0
qalampir.uz

Mashhur Amerika nashri O‘zbekiston Olimpiadada nechta medal olishini taxmin qildi

Amerikaning “Sports Illustrated” jurnali 75 ta litsenziya bo‘yicha Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasini musobaqalarda 12 ta medalga ega chiqishini taxmin qildi. Jurnaldagi taxminlarga ko‘ra, o‘zbek bokschilaridan Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov o‘z vazn toifalarida Olimpiada chempioni bo‘ladi. -71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev kumush, -92 kg da esa Lazizbek Mullajonov bronza medalni qo‘lga kiritishi

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

“Real Madrid” yana bir rekord o‘rnatdi

“Real Madrid” bir mavsumda daromadi 1 milliard yevrodan oshgan birinchi futbol klubi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Futbolchi transferlarini hisobga olmaganda, “Real Madrid”ning daromadi 1,073 milliard yevroni tashkil etdi. Bu moliyaviy yil davomida klubning sof foydasi taxminan 16 million yevroni tashkil qildi. 2023/24 yilgi mavsum yakunida “Real” Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga k