calendar 28 Jul 21:27
eye 126
comments 0
comments Manba: xs.uz

Pulga qoʻyilgan “tuzoq” ona va farzandlar oʻrtasidagi diydorni besh yilga uzaytirdi

image
Adiba UMIROVA/'Xalq soʻzi'. Dunyoda yoʻqotsa topilmaydigan bir nozik narsa bor. Bu ayol shaʼni! U qogʻozga oʻralgan oqqandga oʻxshaydi. Ozgina suv tegsa ham erib ketadi. Shuning uchun ham ayol nomi bilan yonma-yon firibgar soʻzini yozishga qoʻlim bormaydi. Quyidagi voqea biror kino yoki kitobda emas, yon-verimizda sodir boʻlgan voqea. Bundan qanday xulosa chiqarish esa oʻzingizga havola.

Virtual firibgarlik

Nasiba (ismi oʻzgartildi) ' muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etib sudlangan. Ayol boʻlgani uchun qonunchiligimizda belgilangan yengilroq jazo choralari qoʻllanilib, ozodlikka chiqqan edi. Kim nima desa desin, ayol yana jinoyatga qoʻl urib, temir panjaragacha olib borgan sabab aslida uning oʻzi uchun oʻlimdan ham battarroq. Yaqinlari uni qamalgani uchun umr yoʻldoshi tashlab ketgani, qoʻshnilari el orasida bosh koʻtarolmay qolganini aytadi. Bir paytlar u ham shirin orzular bilan oila qurgan, uch farzandli boʻlguncha hayotning qancha achchiq-chuchugini tortgan. Men uning firibgarligini oqlashdan yiroqman, lekin tan olaylik, qaysi ona bolalarini tirik yetim qilishni xohlaydi?

Nasibada ham uyat hissi bor, ozodlikka chiqqach, bolalari, qarindoshlari, qoʻshnilari oldida bir necha kun uyalib yurdi, mahallaga chiqib ish izlashga beti chidamadi. Bunday paytda unga na bir turmush oʻrtogʻi, na qoʻni-qoʻshni, na bir doʻst dalda boʻldi. Yoshligidan tijoratga qiziqardi, lekin turmushga chiqqach, bu orzusi ichida alanga boʻlib qoldi. Hozir buni uddalashga kuchi yetsada, biznes sohasida hech qanday maʼlumotga ega emasdi. Bir necha kun tarmoq marketingidagi savdo boʻlimlariga kirib ish izladi. Onlayn jahon bozori tarmogʻining 'Libertex' platformasiga kirishi bilan pul topib, tezroq boyib ketish vasvasasiga tushib qoldi. Baʼzan ayolning birgina qoʻpol harakati butun goʻzalligini yoʻqqa chiqaradi, birgina qingʻir qadami butun oilasi or-nomusini barbod qiladi.

Nasiba oʻzi ochgan 'Telegram' tarmogʻidagi 'Z.V.' nomli profilidagi 'Prof group' guruhida Toshkent shahar Yangihayot tumanida yashovchi Aziza Bahodir qizi bilan tanishadi. Aziza aslida bu ayolni tanimaydi, umrida koʻrmagan, lekin hamma gaplariga ishonib, telefon raqamini beradi. Ie, shunaqasi ham boʻlarkanmi, dersiz, ha, Nasiba unga qoʻngʻiroq qilib, 'Trading'lik faoliyati boʻyicha sertifikati borligi, 'Libertex' platformasiga bor-yoʻgʻini tiksa, xuddi oʻzidek 'millioner' xonimga aylanishiga ishontirdi.

Tekin pishloq 'qopqon'da

Aziza biznes qilish uchun unga rozilik bergan lahzadan boshlab uning jinoyatiga sherik boʻlayotganini xayoliga ham keltirmaydi.

' Siz tikayotgan pullarni oʻzimning pullarimga qoʻshib, savdo-sotiqqa tikaman. Oʻn besh kun muddatda pullaringizni birga-bir koʻpaytirib qaytaraman.

Pul oʻlsina, pul oʻlsinhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Aziza oʻsha kuni hech qanday kafolatsiz plastik kartasidan 500.000 soʻm pulni Nasibaning plastik kartasiga oʻtkazib berdi. Nasiba shu firibgarlik tufayli qamalgan, uni afv etishlari uchun qancha xatlar yozdi, oqlovga tushganida naqadar xursand edi. Uning pushaymonliklarini oʻqib turib, uni boshqa bunday ishlarni qilishga yuzi chidamasa kerak, deb oʻylaysiz. Аммоhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end U Azizaning pullari koʻpayib 1.000.000 soʻm boʻlganini aytib, plastik kartasiga tashlab berdi. Yigirma kun muddatda pullarini endi birga-ikki, birga-uch barobar koʻpaytirib berishiga ishontirib, pul, qimmatbaho buyumlari va boshqa narsalarini qoʻlga kiritdi.

Yer yorilsa, yerga kirib ketgudek

Ertami-kechmi 'Prof group' guruhi tekshirilishini xayoliga ham keltirmagan Nasiba xuddi shu sxema boʻyicha namanganlik Vasilaga 60.000.000 soʻm, uchqoʻrgʻonlik Dildoraga 29.274.070 soʻm, chinozlik Azizaga 10.000.000 soʻm, toshkentlik Azizaga 4.870.000 soʻm, Kamolaga 30.000.000 soʻm, Nilufarga 6.500.000 soʻm, Goʻzalga 7.000.000 soʻm, Diyoraga 97.165.877 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazdi. O, shu yerda ayol haqida aytilgan balandparvoz gaplarning hammasi bekor. Baqirayotgan ayoldan xunugi boʻlmasa kerak dunyoda. Ayni paytda bu ishda jabrlanuvchilar koʻp, ish boʻyicha yetkazilgan zararning umumiy miqdori koʻrsatilgandan ham bir necha baravar koʻp boʻlishi mumkin. Baʼzi jabrlanuvchilar pulni qaytarib boʻlmasligini tushunib, vaziyatni qoʻyib yuborgan. Aksariyati biror narsani qaytib olishning yagona imkoniyati deb firibgar ustidan mahalladan tortib, militsiyagacha borgan. Afsuski, ularning pullarini katta foizi bilan qaytarishning iloji yoʻq, ammo 'biror narsa' deganda men oʻz pullarini nazarda tutyapman.

Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi 'g' bandida firibgarlik axborot tizimidan, shu jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bunda moliya, bank muassasalari, fondlardagi mulkni aldov yoʻli bilan kompyuter texnikasi vositalari, aloqa vositasi, planshet yoki boshqa shu kabi texnik qurilmalar yordamida manipulyatsiya qilish orqali amalga oshiriladigan talon-torojlik nazarda tutiladi. Bunday firibgarlik kompyuter tizimida ishlov beriladigan, tegishli axborot tashuvchilarda saqlanadigan yoki maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari boʻyicha beriladigan axborotni oʻzgartirish yoʻli bilan ham, kompyuter tizimiga yolgʻon axborot kiritish yoʻli bilan ham sodir etilishi mumkin.

Sudda Nasiba oʻz aybiga iqror boʻldi. 2021-yil 1-iyundagi hukmi bilan tayinlangan jazoning shartliligi bekor qilinib, ushbu hukm bilan tayinlangan jazoni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil oʻtash uchun 5-yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bunchalik hayot beshafqat, deymiz. Yoʻq, dunyoga begunoh tugʻilgan, hayotga yengil qarab, yana bir marta firibgarlik ortidan panjara ortida oʻtirgan ayolning koʻz yoshlari endi menga erish tuyuladi. Besh yil bolalari onasini qoʻmsab yashashidan yuragim eziladi. Ich-ichimdan u qilgan ishlariga pushaymon boʻlib, qaytib jinoyat koʻchasiga kirmasligini Yaratgandan soʻrab duo qilaman. Qani, endi, u buni ertaroq anglab yetganida edi, bolalari tirik yetim qolmasdi, xonadonidan faqat shodlik ovozi eshitilardi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 10:35
 
54
0
qalampir.uz

Samarqandda xaker yigit mashhur tadbirkorlarni chuv tushirdi

Samarqand viloyatida mashhur tadbirkorlarning Telegram akkauntlaridan foydalanib, ularni katta pulga chuv tushirgan 20 yoshli yigitga 1 yil 7 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi berildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, yigit tadbirkorlarning ismi bilan sahifa ochgan va profillarga ularning fotosuratlarini joylashtirgan. Shundan keyin o‘sha tadbirkorlarning qo‘l ostida ishlayotgan xodimlarning kontaktlarini topgan. “Avvaldan ta

26 Jul 10:21
 
50
0
xs.uz

“Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston”

Oʻzbekistonning bugungi yangi qiyofasi, mamlakatimizning jahon taraqqiyotida tutgan oʻrni va mavqeyi, muhim xalqaro ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki, dolzarb masalalar boʻyicha ilgari surayotgan koʻplab tashabbuslarining mazmun-mohiyati ushbu keng qamrovli, fundamental asarda chuqur tahlil va dalillar, aniq fikr-mulohazalar asosida teran yoritib berilgan.Muallifning koʻp yillik ijtimoiy-siyosiy qarashlari, voqelikka yangicha va teran yondashuvlarining mahsuli boʻlgan kitob qu

26 Jul 18:03
 
87
0
xs.uz

Toshkentda yana quvur yorilib, koʻchalarni suv bosdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumanida suv quvurlari yorilib koʻchalarga suv toshayotgani tasvirlangan foto va videolar tarqaldi. Tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Aziz Naimov holat yuzasidan maʼlumot berdi.Bildirilishicha, Uchtepa tumani Shirin chorrahasidagi issiq suv quvurlarida muammo yuzaga kelgan. Unga koʻra, 5- va 9-qozonxona magistral quvurlari bosim ostida tekshirilayotgan vaqtda quvurlar yorilgan.

11 Aug 03:43
 
29
0
xs.uz

“Valyutchik”lar qoʻlga tushdi. Ulardan qancha miqdordagi chet el valyutasi ashyoviy dalil sifatida olindi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxsni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi va Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan O.B. qonunga xilof ravishda jami 3 ming 150 AQSH dollar