calendar 26 Jul 18:03
eye 86
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda yana quvur yorilib, koʻchalarni suv bosdi

image
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumanida suv quvurlari yorilib koʻchalarga suv toshayotgani tasvirlangan foto va videolar tarqaldi. Tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Aziz Naimov holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, Uchtepa tumani Shirin chorrahasidagi issiq suv quvurlarida muammo yuzaga kelgan. Unga koʻra, 5- va 9-qozonxona magistral quvurlari bosim ostida tekshirilayotgan vaqtda quvurlar yorilgan.

'Hozirda mazkur muammo toʻla bartaraf etilgan', deydi manba.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 3-iyul kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan katta suv oʻtkazgich tarmogʻida nosozlik vujudga kelgani ortidan koʻchalarni suv bosgan edi.

Shuningdek, 16-iyul kuni Toshkent shahri 'Fayziobod GAI' hududida gidravlik sinov vaqtida issiq suv quvuri yorilib ketgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 20:27
 
101
0
xs.uz

«Oʻzgidromet» fuqarolarni joriy yilning 25-29-iyul kunlari Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo boʻlishi kutilayotgani munosabati bilan ogohlantirdi

Baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha boʻlishi kutilmoqda, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham shu munosabat bilan fuqarolarga quyosh urishidan saqlanish qoidalarini eslatdi.Bildirilishicha, ob-havoning keskin isib ketishi, ayniqsa, bolalar, qariyalar va bemorlarga ogʻir taʼsir qiladi. Hatto sogʻlom odamlar ham baʼzi bir qoidalarga rioya etishlariga toʻgʻri keladi.Quyosh

11 Jul 15:10
 
104
0
qalampir.uz

3 yashar bolani o‘ldirgan erkak qamoqqa olindi

Avvalroq Toshkent shahrida 31 yoshli erkak o‘zi bilan birga qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayolning birinchi turmushidan tug‘ilgan 3 yashar o‘g‘lini pichoqlab, o‘ldirgani xabar qilingandi. Qotilga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi. Bildirilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan Yashnobod tumani prokurorining Jinoyat kodeksining 97-

15 Jul 12:03
 
36
0
qalampir.uz

Matiz yonib ketishi oqibatida dalaga o‘t ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Matiz avtomobili yonib ketishi oqibatida yo‘l yoqasidagi dalaga ham o‘t ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 12 iyul kuni Samarqand tumanida sodir bo‘lgan. Soat 16:28 da tumanning “Yangi ariq” MFY hududidan harakatlanib ketayotgan fuqaro J.O boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli mashinada yong‘in chiqqan. Oqi

15 Jul 12:03
 
141
0
xs.uz

Toshkentda koʻp qavatli uylardan birida yongʻin chiqdi

Qayd etilishicha, 14-iyul kuni soat 22:10 da Yashnabod tumani, 'Vatandosh' MFY Tuzel dahasi 12-A uydagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar tushgan.Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:18 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 22:33 da oʻchirilgan. Sodir boʻlgan yongʻin natijasida xonadondagi uy jihozlar yongan.Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq