calendar 15 Jul 12:03
eye 37
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Matiz yonib ketishi oqibatida dalaga o‘t ketdi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Matiz avtomobili yonib ketishi oqibatida yo‘l yoqasidagi dalaga ham o‘t ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 12 iyul kuni Samarqand tumanida sodir bo‘lgan. Soat 16:28 da tumanning “Yangi ariq” MFY hududidan harakatlanib ketayotgan fuqaro J.O boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli mashinada yong‘in chiqqan. Oqibatda yo‘l yoqasidagi I.A.S. fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan yerda yong‘in yuzaga kelgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan yong‘in haqidagi xabarga asosan, voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilib, soat 16:37 da yong‘in o‘rab olingan va soat 17:18 da batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 8 gektarlik g‘alladan bo‘shagan yer maydonining 1 gektar qismi yonib ketgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
44
0
xs.uz

Ayrim sohalarda kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik boʻladi

Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni 'blok-modul' tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushini:2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyo

26 Jul 10:20
 
47
0
xs.uz

Oqlanmagan ishonch yoxud erishilgan yutuqlarga mahliyo boʻlishning davri oʻtdi

Mamlakatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan har bir fuqaro, oilaning oʻy va tashvishidan xabardor boʻlish, yillar mobaynida yigʻilib qolgan muammolarning yechimini topish, odamlarning erta yoki yaqin istiqbolda emas, aynan shu kundan eʼtiboran hayotdan rozi yashashini taʼminlash siyosati Qizilqum kengliklarida ham oʻz samaralarini bera boshlaganiga ancha boʻldi.Chunonchi, Prezidentimizning 2017-yil 25-apreldagi 'Navoiy viloyatining olis choʻl tumanlari aholisi turmush darajasini yan

28 Jul 21:16
 
89
0
xs.uz

Sanoat zonalari: qulay biznes maydoni

Biznes maydonidagi shu kabi qulayliklar sabab kichik sanoat zonalari ham, ularga talabgorlar soni ham tobora oshib bormoqda.Birgina Qashqadaryo viloyati misolida oladigan boʻlsak, bugungi kunda vohada 300 gektardan ortiq maydonda 59 ta sanoat zonasi barpo etilgan, shundan 2 tasi erkin iqtisodiy, 15 tasi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari, 42 tasi kichik sanoat zonalari hisoblanadi.Ayni paytda hududdagi kichik sanoat zonalarida 700 ga yaqin tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda.Preziden

23 Jul 11:35
 
85
0
xs.uz

Yangi milliy turizm brendi yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, Oʻzbekistonning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi milliy turizm brendi (tanitish belgisi) ya