calendar 28 Jul 21:16
eye 89
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sanoat zonalari: qulay biznes maydoni

image
Biznes maydonidagi shu kabi qulayliklar sabab kichik sanoat zonalari ham, ularga talabgorlar soni ham tobora oshib bormoqda.

Birgina Qashqadaryo viloyati misolida oladigan boʻlsak, bugungi kunda vohada 300 gektardan ortiq maydonda 59 ta sanoat zonasi barpo etilgan, shundan 2 tasi erkin iqtisodiy, 15 tasi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari, 42 tasi kichik sanoat zonalari hisoblanadi.

Ayni paytda hududdagi kichik sanoat zonalarida 700 ga yaqin tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda.

Prezidentimizning 2018-yil 29-martdagi 'Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga asosan tashkil etilgan Qamashi kichik sanoat zonasida bugungi kunda oʻnlab tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib bormoqda. 'Toshev Asqar metall gulsaf' masʼuliyati cheklangan jamiyati ham ulardan biri.

Tadbirkor Asqar Toshev 2019-yilda kichik sanoat zonasidagi lotlardan birini olib, shu yerda metallga ishlov berishni yoʻlga qoʻygan. Dastlab yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtib, oila aʼzolari bilan ishni boshlagan boʻlsa, oʻtgan yillar davomida faoliyati har tomonlama rivojlandi. Yangi-yangi loyihalarni amalga oshirdi. Bugungi kunda A. Toshev tumandagi iqtisodiy jihatdan eng barqaror korxonalardan birining rahbari sanaladi.

' Ayni paytda korxonamizda yengil avtomobillar uchun yuk qoʻyish moslamasi (bagaj), kiyim ilgak (veshalka), temir eshik, oshxona jihozlari va shu kabi oʻndan ortiq metall buyumlari ishlab chiqarilmoqda, ' deydi tadbirkor. ' Bundan tashqari, yengil avtomobillar uchun oʻrindiq jildlari (chexol) tayyorlashni ham yoʻlga qoʻyganmiz. Yiliga 2 ming donadan ortiq oʻrindiq jildlari hamda mingdan ortiq avtomobillar uchun yuk qoʻyish moslamalari, shuningdek, buyurtma asosida yana bir qator metall buyumlarni ham tayyorlab, ichki bozorga yetkazib beramiz. Korxonamizda 30 nafardan ziyod kishining doimiy ish bilan taʼminlangan.

Shahrisabz tumanidagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi Xontepa mahallasi hududida, 1,42 gektar yer maydonida tashkil etilgan. Bu yerda tadbirkorlar tomonidan oʻnlab istiqbolli loyihalar amalga oshirildi.

' Tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar faoliyatimizni yanada kengaytirish, rivojlantirish imkonini bermoqda, ' deydi tumandagi 'Yunus Abdurazzoqovich' oilaviy korxonasi rahbari Yunus Meyliqulov. ' Oʻzim misolimda aytadigan boʻlsam, toʻrt yil avval bir nechta zarur uskunalarini xarid qilib, oʻz hovlimizda sim setkalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan edim. Bu orada bozorda oʻz oʻrnimizni topdik, maʼlum darajada iqtisodiy imkoniyatlarga ega boʻldik, biroq faoliyatimizni kengaytirishning imkoni boʻlmayotgan edi. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi tashkil etilishi biz uchun ham ayni muddao boʻldi. Ushbu hududdagi lotlardan birini olib, qisqa fursatda oʻz ishlab chiqarish majmuamizni qurib, ishga tushirdik. Natijada bir yil ichida faoliyatimiz qariyb ikki barobarga kengaydi. Hali oldinda yangi rejalarimiz, maqsadlarimiz koʻp.

Ochiq aytib oʻtish joiz, viloyatdagi ayrim sanoat zonalarida zarur infratuzilmalarni barpo qilish va ishni tashkil etish bilan bogʻliq muammolar mavjud. Natijada hamon boʻsh turgan yoki qayta-qayta onlayn auksion savdolariga chiqarilsada, oʻz egasini topmayotgan lotlar ham yoʻq emas. Muhimi shundaki, aksariyat kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari bugun qizgʻin ishlab chiqarish maydoniga aylangan, ularda minglab insonlar doimiy ish bilan taʼminlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 20:27
 
103
0
xs.uz

«Oʻzgidromet» fuqarolarni joriy yilning 25-29-iyul kunlari Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo boʻlishi kutilayotgani munosabati bilan ogohlantirdi

Baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha boʻlishi kutilmoqda, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham shu munosabat bilan fuqarolarga quyosh urishidan saqlanish qoidalarini eslatdi.Bildirilishicha, ob-havoning keskin isib ketishi, ayniqsa, bolalar, qariyalar va bemorlarga ogʻir taʼsir qiladi. Hatto sogʻlom odamlar ham baʼzi bir qoidalarga rioya etishlariga toʻgʻri keladi.Quyosh

19 Jul 19:46
 
72
0
xs.uz

Qirgʻiziston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda boʻlgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning davlat tashrifi yakunlandi.Ikki kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtdi, ularning yakunida yetakchilar Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilindi. Energetika, avtomob

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yasho

26 Jul 10:20
 
41
0
xs.uz

Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni koʻpaytirildi

Endilikda avtobuslar 'Mashinasozlar' metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.