calendar 27 Jul 22:20
eye 135
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda er xotinini pichoqlab, o‘ldirdi

image

Samarqand  viloyatida er xotinini pichoqlab, o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga  ma’lum qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning 24 iyul kuni taxminan soat 16:11 da Pastdarg‘om tumani O‘rta Charxin mahallasida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan R.R. va uning turmush o‘rtog‘i 2000 yilda tug‘ilgan Sh.M. o‘rtasida nizo yuzaga kelgan. Oqibatda R.R.  ayolining turli joylariga oshxona pichog‘i bilan shikast yetkazib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan  R.R.ga  nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ishga gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan hamda himoya huquqi ta’minlangan holda Jinoyat-protsessual kodeksining 221-227-moddalariga asosan protsessual tartibda ushlangan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu oila a’zolari R.R. va M.Sh. larning rasmi namoyish qilingan, biroq ish tafsilotlari noto‘g‘ri talqin qilinganligi, bloger tomonidan sharhlangan holat ushbu sodir qilingan qotillik holatiga daxli yo‘qligi ma’lum qilinadi”, deyiladi  ma’lumotnomada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi erkak xotinini sehr-jodu bilan shug‘ullanishda ayblab, bolta bilan urib o‘ldirgandi. Unga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 16:12
 
60
0
xs.uz

Akademik litseylarga kirish test sinovlari boʻlib oʻtadigan sanalar eʼlon qilindi

Test sinovlari uchun 1-smena ' 09:00da, 2-smena ' 15:00da boshlanadi. Test sinovlari taʼlim yoʻnalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash boʻyicha oʻtkaziladi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirigʻi va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga 2 soat vaqt ajratiladi.Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab oli

19 Jul 23:33
 
85
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 20-iyul kuni havo harorati 40 darajadan oshmasligi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekun

26 Jul 10:21
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekistonda “Ijtimoiy karta” joriy qilinadi. U aholiga qanday imtiyozlar beradi?

'Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida'gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.Maʼlum qilinishicha, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtishning asosiy yoʻnalishlari etib bir qator vazifalar belgilanmoqda.Xususan, endilikda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun 'Ijtimoiy karta' axborot tizimini joriy etish orq

19 Jul 16:16
 
85
0
qalampir.uz

Litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi

2024 yilning birinchi yarmida litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum bir auditoriyagina taniydigan yoki bo‘lmasa “litsenziya”ga ega bo‘lmagan ijodkorlar ham teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda mehmon sifatida ishtirok etmoqda. “Vaholanki, har qanday  san’atkor o‘z