calendar 26 Jul 10:21
eye 46
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda “Ijtimoiy karta” joriy qilinadi. U aholiga qanday imtiyozlar beradi?

image
'Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida'gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.

Maʼlum qilinishicha, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtishning asosiy yoʻnalishlari etib bir qator vazifalar belgilanmoqda.

Xususan, endilikda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun 'Ijtimoiy karta' axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlarini bosqichma-bosqich toʻliq avtomatlashtirish yoʻlga qoʻyiladi.

Qayd etilishicha, qarorga muvofiq 'Ijtimoiy karta' ATdan 2024-yil 1-dekabrdan yangidan tayinlanadigan ijtimoiy toʻlovlar, xizmatlar va imtiyozlar, 2025-yil 1-apreldan bosqichma-bosqich shaxsning nogironligini, talaba, oʻquvchi, urush qatnashchisi yoki urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs holatini tasdiqlashda foydalaniladi.

Bundan tashqari, ushbu kartadan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, oʻquvchilar guvohnomalari, urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar guvohnomalarining qogʻoz shakli ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinishi, nogironligi boʻlgan va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil, temir yoʻl, havo va daryo transporti, yoʻnalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanish boʻyicha imtiyozlar, shuningdek ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega boʻlgan aholining boshqa toifalari uchun imtiyozlar berish ham koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, kirish bilet operatsiyalari tizimi asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy obyektlariga, konsert-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarga bepul tashrif buyurish yoki qisman haq toʻlash boʻyicha ham ushbu karta egalariga imtiyozlar taqdim etiladi.

Maʼlum boʻlishicha, 2025-yil 1-iyuldan 'Ijtimoiy himoya yagona reyestri'ga kiritilganlarga belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda toʻlangan QQS summasini 1 ish kunida qaytarish, 2025-yil 1-oktyabrdan Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq fuqarolarga byudjet mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam, subsidiyalar, grantlar, imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar hamda moddiy xususiyatga ega boshqa toʻlovlar taqdim etish, shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlardan foydalanish ham mumkin boʻladi.

Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-oktyabrdan pensiya oluvchilarga oʻz xohishiga koʻra yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganligi boʻyicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi.

Avvalroq, endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerakligi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

Prezident Shuhrat Jalilovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi

Jalilov davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko'p yillik samarali mehnati, mahalla instituti va kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, keksa avlod vakillarini qo'llab-quvvatlashga qo'shayotgan munosib hissasi, yoshlarni tarbiyalash yo'lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki tufayli mukofotlangan.Tavalludining 85 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu mukofotni Sherzod Asadov 17-avgust kuni O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov

24 Aug 17:26
 
15
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

'Oʻzgidromet' 26-28-avgust kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Ha

26 Jul 10:20
 
45
0
qalampir.uz

Isroil elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Oliy sud portalida keltirilgan. Qayd etilishicha, Telegram-kanallaridan birida 36 yoshli fuqaro R.A. Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqida e’lon qilingan post izohiga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan. Fuqaro R.A. mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida u IIB xodimlarining qonuniy talab

28 Jul 21:16
 
130
0
xs.uz

Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq boʻladi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, cha