calendar 27 Jul 20:32
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroil G‘azodagi yana bir maktabga hujum qildi. Qurbonlar bor

image

Bugun, 27 iyul kuni Isroil qo‘shinlarining G‘azo markazidagi Dayr al-Baladagi maktabga bergan zarbasi oqibatida kamida 30 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylariga tayanib, “Arab News” xabar berdi.

Eng ko‘p ko‘chirilgan oilalar yashovchi Dayr al-Baladagi maktabga qilingan zarbada yana 100 dan ortiq kishi jarohat olgan. Qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir.

Isroil Mudofaa vazirligi esa, aksincha, HAMAS guruhiga tegishli qo‘mondonlik markaziga zarba berganini bildirdi.

“G‘azo markazidagi Hadicha maktabi majmuasi ichidagi HAMAS qo‘mondonlik va nazorat markazi nishonga olindi”, deyilgan Isroil harbiylarining bayonotida.

Isroil Mudofaa vazirligining iddao qilishicha, harbiylar qarshi hujum uyushtirishda maktabdan qurol ombori sifatida foydalangan va zarba berishdan oldin bu bo‘yicha tinch aholi ogohlantirilgan.

Dayr al-Baladagi Al-Aqso shifoxonasida tez yordam mashinalari yaralangan falastinliklarni tibbiy muassasaga olib borgan. Ba’zi yaradorlar esa kiyimlari qonga bo‘yalgan holda shifoxonaga piyoda yetib kelgan.

G‘azo sog‘liqni saqlash organlariga ko‘ra, shu paytgacha anklavda Isroilning zarbalari oqibatida 39 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. 

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida Dayr al-Bala shahridagi uylardan biriga zarba berishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi. G‘azo sektorining markaziy qismidagi “Nusayrat” qochqinlar lagerining shimoliy hududlari ham Isroil artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil qo‘shinlari AQSH hamda Buyuk Britaniya bilan birgalikda Yamanning Xodeyda port shahridagi yoqilg‘i omborlariga hujum qilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, falastinliklar yashiringan Xon Yunusdagi maktabga qilingan Isroil hujumida ham ko‘plab bolalar qurbon bo‘lgandi.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Xitoy Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi

Xitoy Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborishda davom etadi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ukrainalik mavqedoshi Dmitriy Kulebaga Guanchjoudagi uchrashuvda aytdi. “Xitoy Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan xavotirda va unga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etadi”, dedi Van I Qayd etish joizki, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi t

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Netanyaxu AQSHni Eronga qarshi harbiy ittifoq tuzishga taklif qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul AQSH Kongressida so‘z ochdi. Netanyaxu Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini tezda mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroilning HAMASga qarshi urushi ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “sivilizatsiya va vah

11 Aug 03:44
 
26
0
xs.uz

Isroilning yerosti kasalxonasi hujumga tayyorlanmoqda

Isroilning shimolidagi Hayfa shahrida ulkan yerosti shifoxonasi mavjud. U beton devorlar bilan qoplangan boʻlib, operatsiya xonalari, tugʻruq boʻlimi, tibbiyot anjomlari bilan taʼminlangan. Hozircha u yerda bemorlar yoʻq, kasalxona kutilajak janglar oldidan tayyor holga keltirilmoqda. Ushbu joy 2006-yilgi Isroil''Hizbulloh' urushidan keyin qurilgan.Muassasa 2 mingdan ortiq oʻringa ega. Isroilga katta hujum sodir boʻlgan taqdirda, bemorlarni qabul qiladi. Mintaqada keskinlik taranglashgan

26 Jul 10:19
 
56
0
qalampir.uz

BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi. Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan u