calendar 26 Jul 16:29
eye 74
comments 0
comments Manba: xs.uz

Raqobat qoʻmitasi YHXBB oʻtkazgan tenderni haqiqiy emas deb topdi. Endi nima boʻladi?

image
Maʼlum boʻlishicha, qoʻmitaga YHXBB tomonidan 2024-yil 10-iyunda boshlangʻich qiymati 26 milliard 500 million soʻm boʻlgan tender savdolari yuzasidan murojaat kelib tushgan. Qoʻmita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan oʻrganishlarda tender savdolari yoʻl belgilari uchun boʻyoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun oʻtkazilgani aniqlangan.

Ishni koʻrib chiqish natijasida, 'Raqobat toʻgʻrisida'gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilgan deb topilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga nisbatan tender savdo natijasini haqiqiy emas deb topish boʻyicha qarorga kelindi.

Shuningdek, ushbu qonun buzilish holatiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikni belgilash masalasi ham koʻrib chiqiladi va jazo chorasi belgilanadi. 'Maʼlumot oʻrnida, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega', deyiladi qoʻmita xabarida.

Avvalroq, Parlament saylovlarining sanasi aniq boʻlgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
43
0
xs.uz

Zangiota-2 shifoxonasi oʻrnida Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

Unga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus Zangiota 2-son shifoxonasining boʻsh turgan bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:Toshkent shahar hokimligining 'Toshkent' MFY Yangi aylanma yoʻli manzilida joylashgan Zangiota-2 shifoxonasi oʻrnida davlat byudjetidan moliyalasht

18 Jul 17:38
 
109
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistonda bogʻcha bolalarini olib ketayotgan “Damas” YTHga uchradi

Ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini olib ketayotgan 'Damas' yoʻl-transport hodisasiga uchragani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati'maʼlumot berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 16-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida sodir boʻlgan. YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.Shuningdek, avtomashina ichid

18 Jul 12:04
 
124
0
xs.uz

Sel-suv toshqini oqibatlari bartaraf etilmoqda

' Koʻprik qulashi natijasida unga yondosh boʻlgan ichimlik suv quvuri ham uzilib ketgan, ' deydi 'Andijon suv taʼminoti' AJ bosh muhandisi Humoyun Alimov. ' Oqibatda Jalaquduq tumanidagi Beshtol, Hamza, Tosh hovuz, Xoʻjaobod tumanidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi salkam 20 ming nafarga yaqin aholiga xizmat koʻrsatish sifati pasaygan. Ayni paytda qayta quvur tortish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari tez orada yakuniga yetgach, taʼminot toʻliq tiklanadi. Unga qadar mahallalarga

26 Aug 12:29
 
15
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 5 ta yangi tashkil etilgan OTM oʻz faoliyatini boshlaydi

Oʻzbekiston davlat oliy taʼlim muassasalarida 2024/2025 oʻquv yilida jami 1 million 167 ming nafardan ortiq talaba tahsil olishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi.Uning bildirishicha, oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida hozirgi kunda respublikada oliy taʼlim muassasalari soni