calendar 26 Jul 10:21
eye 31
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rasman 2025-yilda Olimpiya oʻyinlariga Saudiya mezbonlik qiladi (video)

image
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 2025-yilda ilk bor 'Esports' boʻyicha Olimpiya oʻyinlari tashkil etilishini tasdiqladi. Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi kutilayotgan kibersport boʻyicha eng nufuzli turnir XOQning 142-sessiyasida eʼlon qilingan. Bu haqda 'Sinxua' xabar bermoqda.

Qayd etish joizki, bu qoʻmitaning raqamli inqilob bilan hamnafas ekanini koʻrsatib bera oladi. XOQ ijroiya kengashi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan holda ilk tadbirni oʻtkazish uchun Saudiya Arabistoni Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlik qilishini maʼlum qilgan.

Maʼlum qilinishicha, Xalqaro 'Esports' komissiyasi Olimpiya brendining yoshlar orasida jozibadorligini aks ettiruvchi tashabbusiga kuchli ishtiyoq koʻrsatishini bildirgan. Saudiya Arabistonining kibersport boʻyicha tajribasi loyiha uchun muhim jihat sifatida koʻrilyapti.

Saudiya shahzodasi Abdulaziz bin Turki Al Faysal kibersportning yosh avlod uchun ahamiyatini taʼkidlab, bu yangi tarix yaratish yoʻlidagi muhim qadam ekanligini bildirgan. Maʼlumki, Arabiston soʻnggi paytlarda koʻplab xalqaro turnirlarga mezbonlik qilgan kibersportning asosiy markaziga aylanib ulgurgandi.

XOQ ushbu Olimpiya oʻyinlarini rejalashtirishni boshlashini va asosiy eʼtiborni shahar, joy, oʻyin nomi va saralash jarayonini tanlashga qaratishini bildirgan. Tomas Bax matbuot anjumanida ushbu muhim bosqichning ahamiyatini yana bir bor taʼkidlab, XOQ mustahkam asosga ega boʻlgan yangi davrga qadam qoʻyayotganini aytib oʻtdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
23
0
xs.uz

Teylor Sviftning konserti IShID terrorchisining tahdidi sababli qoldirildi

IShID terrorchilari sifatida talqin qilinayotgan shaxslarning tahdidlari sababli Teylor Sviftning konserti qoldirildi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, Avstriya hukumati teraktning oldini olish maqsadida ikki shaxsni hibsga oldi. Rejalashtirilgan hujum Sviftning yaqinlashib kelayotgan shoularida xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga olib kelgan.Teylor Svift Venadagi 'Ernst-Happel-Stadion'da payshanba, juma va shanba kunlariga rejalashtirilgan konsertini kechiktirishg

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish n

15 Jul 12:02
 
58
0
qalampir.uz

Guterrish UNRWA va uning xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti jiddiy moliyaviy taqchillikka duch kelmoqda, falastinliklar esa yashash uchun zarur bo‘lgan hamma narsadan, jumladan, huquqlari tan olinishidan mahrum qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha yillik konferensiyada so‘z ochdi.  Bildirilishicha, UNRWA’ning 194 nafar xodimi G‘azo mojarosi vaqtida halok bo‘lgan, bu BMT t

16 Jul 11:20
 
125
0
xs.uz

Yevropa davlatlari Afgʻonistonda oʻz elchixonalarini ochish masalasini koʻrib chiqmoqda

Bir qator Yevropa davlatlari, jumladan, Italiya Afgʻonistonda oʻz elchixonalarini ochish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.'Bir qator Yevropa davlatlari Afgʻonistonda oʻz elchixonalarini ochish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, bu esa Kobul qulaganidan deyarli uch yil oʻtib 'Tolibon'ning diplomatik tan olinishini anglatadi', deyiladi agentlik bayonotida.Ayni paytda 'Tolibon' harakati terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostid