calendar 16 Jul 11:20
eye 128
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yevropa davlatlari Afgʻonistonda oʻz elchixonalarini ochish masalasini koʻrib chiqmoqda

image
Bir qator Yevropa davlatlari, jumladan, Italiya Afgʻonistonda oʻz elchixonalarini ochish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.

'Bir qator Yevropa davlatlari Afgʻonistonda oʻz elchixonalarini ochish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, bu esa Kobul qulaganidan deyarli uch yil oʻtib 'Tolibon'ning diplomatik tan olinishini anglatadi', deyiladi agentlik bayonotida.

Ayni paytda 'Tolibon' harakati terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot hisoblanadi.

Italiya soʻnggi haftalarda potensial qiziqish belgisi sifatida Kobulga razvedka missiyasini oʻtkazgan. Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani Vashingtondagi NATO sammiti arafasida bergan intervyusida mamlakatning hozirda Qatarda ishlayotgan elchisi Kobulga tashrif buyurganini tasdiqladi.

Anonim fransuz rasmiysi nashrga xabar berishicha, Parij hozirda elchixona ochishni rejalashtirmayapti, ammo bu masala oxir-oqibat hal qilinishi kerakligini aytdi.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xavfsizlik va siyosiy vaziyat ruxsat bergan zahoti Afgʻonistonda diplomatik mavjudlik oʻrnatish masalasini koʻrib chiqishni tasdiqladi.

Yevropalik yuqori martabali diplomatning taʼkidlashicha, Bryusseldagi rasmiylar hozir Afgʻonistonda rivojlanish loyihalarini amalga oshirish, ayollar huquqlarini himoya qilish va strategik mavjudlikni oʻrnatish uchun jismoniy boʻlish zarurligini tan olishga intilmoqda.

AQSH maʼmuriyatining yuqori martabali mulozimlaridan biri esa Qoʻshma Shtatlar 'Tolibon'ni siyosiy tan olish yoki Kobulda elchixonani qayta ochish niyatida emasligini aytdi.

2021-yil avgust oyi boshida 'Tolibon' afgʻon hukumat kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirdi va 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi. Avgust oyining soʻnggi ikki haftasida Amerika harbiylari himoyasi ostida boʻlgan Kobul aeroportidan Gʻarb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilayotgan afgʻonlar ommaviy evakuatsiya qilindi. 31-avgustga oʻtar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, Afgʻonistondagi amerikalik harbiylarning qariyb 20-yillik faoliyatiga yakun yasadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 10:35
 
69
0
qalampir.uz

Turkiya Liviya va Qorabog‘ga kirgani kabi Isroilga ham kirishi mumkin – Erdo‘g‘an

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya bir paytlar Qorabog‘ va Liviyaga kirganidek, Isroilga ham kirishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u kecha, 28 iyul kuni Rizo viloyatidagi hukmron partiya qarorgohida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda so‘z ochdi.   Erdo‘g‘an, birinchi navbatda, Turkiya mudofaa sanoati yutuqlarini qayd etgan, ammo uning fikricha, agar ular muhimroq bo‘lganida, Isroil “Falastinga qilgan ishni qilmagan bo‘lardi”. Turkiya yetakchisi Isroilga kirma

26 Jul 10:21
 
30
0
xs.uz

Rasman 2025-yilda Olimpiya oʻyinlariga Saudiya mezbonlik qiladi (video)

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 2025-yilda ilk bor 'Esports' boʻyicha Olimpiya oʻyinlari tashkil etilishini tasdiqladi. Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi kutilayotgan kibersport boʻyicha eng nufuzli turnir XOQning 142-sessiyasida eʼlon qilingan. Bu haqda 'Sinxua' xabar bermoqda.Qayd etish joizki, bu qoʻmitaning raqamli inqilob bilan hamnafas ekanini koʻrsatib bera oladi. XOQ ijroiya kengashi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan holda ilk tadbirni oʻtkazish uchun Saudiya Arabistoni Milliy o

24 Aug 17:27
 
12
0
xs.uz

Lukashenkoning MDH davlatlariga shikoyatlari va Kurskdagi magʻlubiyat (+video)

Belarus elchisi Qozogʻiston TIVga chaqirildiBelarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 'Rossiya' telekanaliga bergan intervyusidan soʻng Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Belarus elchisi Pavel Utyupinni idoraga chaqirgan.Lukashenko, jumladan, oʻz intervyusida sobiq ittifoq respublikalari ittifoqchilik munosabatlariga qaramay, birdamlik koʻrsatmayotgani va oʻzaro yordam koʻrsatmayotganini aytib, ikki yil avval KXSHT tinchlikparvar kuchlari ishtirok etgan Qozogʻistondagi miti

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaga yana dron va raketalar bilan hujum qildi

Rossiya qo‘shinlari bugun, 25 iyul kuni Ukrainaga 38 ta Shahed-131/136 jangovar dronlari bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Oleshukning yozishicha, 25 ta dron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Odessa viloyatining janubidagi va Ukrainaning markaziy hududlaridagi infratuzilma ob’ektlari hujumga uchragan. Havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev, Odessa, Xerson, Nikolayev, S