calendar 15 Jul 12:02
eye 89
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Guterrish UNRWA va uning xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti jiddiy moliyaviy taqchillikka duch kelmoqda, falastinliklar esa yashash uchun zarur bo‘lgan hamma narsadan, jumladan, huquqlari tan olinishidan mahrum qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha yillik konferensiyada so‘z ochdi. 

Bildirilishicha, UNRWA’ning 194 nafar xodimi G‘azo mojarosi vaqtida halok bo‘lgan, bu BMT tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

“Agentlik, shuningdek, norozilik namoyishlari va dezinformatsion kampaniyalarga duch kelmoqda”, deydi Guterrish.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi xodimlar Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan va keyinchalik ular yomon muomala va hatto qiynoqlar haqida xabar bergan. 

“Bundan tashqari, bosib olingan G‘arbiy sohilda UNRWA xodimlarining mavjudligi va harakatlanishi Isroil hukumati tomonidan cheklangan. Biroq, bu va boshqa to‘siqlarga qaramay, aql bovar qilmaydigan sharoitlarda UNRWA xodimlari ishlashni davom ettirish uchun hamma narsani qilmoqdalar", dedi Guterrish.

Shuningdek, Guterrish  UNRWA’ni qo‘llab-quvvatlash majburiyatini olgan mamlakatlarga minnatdorlik bildirdi va boshqa barcha a’zo davlatlarni “agentlik, uning xodimlari va vakolatlarini, shu jumladan moliyalashtirish orqali himoya qilishga” chaqirdi.

"G‘azoda zudlik bilan gumanitar yordam va barcha garovga olinganlarni zudlik bilan va so‘zsiz ozod qilishdan boshlab, bu dahshatli urushni tugatish vaqti keldi", deydi BMT Bosh kotibi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antoniu Guterrish Isroil armiyasini mojaro sharoitidagi bolalarga nisbatan qoidabuzarlar ro‘yxatiga kiritgandi. Buning ortidan Isroil BMTga qarshi bir qator cheklovlar joriy qilishi mumkinligi xabar qilindi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
22
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.

04 Apr 16:20
 
37
0
xs.uz

“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq

26 Feb 17:06
 
63
0
xs.uz

Yevropadagi Rossiya aktivlari musodara qilinishi mumkin

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Yevropa davlatlarini Rossiyaga tegishli aktivlarni faqat muzlatib qoʻyish bilan cheklanmay, ularni toʻliq musodara qilishga chaqirdi. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.25-fevral kuni Britaniya parlamentida chiqish qilgan Lemmi Yevropaning ushbu masalada tez harakat qilishi lozimligini taʼkidladi. Uning fikricha, Rossiya aktivlarini faqat muzlatish emas, balki toʻliq musodara qilish orqali Moskvaga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchayti

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg