calendar 26 Jul 10:20
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farg‘onada ayolini rashk qilib kaltaklagan erkak 3 yilga qamaldi

image

Farg‘onada 18 yillik turmush o‘rtog‘ini ayovsiz urgan 44 yoshli erkak 3 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida sodir bo‘lgan. Bir nechta asossiz sabablar Rossiyaga ketgan erkakda ayoliga nisbatan shubha uyg‘otgan. Erkak Rossiyadan qaytib kelib, ayoli bilan tez-tez janjallasha boshlagan va uni o‘lasi qilib kaltaklagan.

Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudida ko‘rib chiqildi va erkak Jinoyat kodeksining 126-moddasi (Oilaviy zo‘ravonlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 49 yoshli erkak rashk sababli xotinini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ygandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Apr 02:44
 
70
0
xs.uz

Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?

Qoʻmita maʼlumotlarida qayd etilishicha, joriy yilning 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi 37,7 mln kishini tashkil etgan. Bu raqamlar oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda respublikaning doimiy aholisi soni 2 foizga oshganini koʻrsatadi.Keltirilishicha, Oʻzbekiston aholisi 2025-yil boshidan buyon 154,6 ming kishiga koʻpaygan. Bu mamlakatda aholi soni (joriy yilda) har oyi oʻrtacha 51,5 ming kishiga, har kuni esa oʻrtacha 1,7 ming kishiga koʻpaymoqda degan

16 Apr 15:12
 
38
0
xs.uz

Endilikda qurilayotgan binolarga QR-kodli pasport beriladi

2025-yilning 1-sentyabridan boshlab Oʻzbekistonda har bir qurilayotgan obyekt uchun QR-kodli pasport joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.Ushbu tizim orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, hujjatlar va ekspertiza xulosalari kabi muhim maʼlumotlarga tezroq ega boʻlish mumkin boʻladi.Bundan tashqari, koʻp kvartirali uylarda joylar va yertoʻlalarni qayta qurish yoki rejalashtirishda qurilish meʼyorlarini buzgan holda konstruktiv qismlar va tayanch devorlarni o

16 Apr 15:12
 
41
0
xs.uz

Orzularidan voz kechmagan afgʻon qizlari

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Afgʻonistonlik Palvosha Doʻstmuhammad va Farimo Murodiy oʻz yurtida ushalmagan orzulariga Termiz shahrida erishmoqda. Ikki dugonaning qalbida tikuvchilikka boʻlgan ishtiyoq bolaligidan boshlab joʻsh urgan. Ular afgʻon milliy liboslarini tikib, oʻz brendini yaratishni orzu qilishadi.' Ota-onam chevar boʻlib, erkaklar va ayollar liboslarini tikishardi, ' deydi Palvosha Doʻstmuhammad. ' Bolaligimdan qoʻl mehnatiga mehrim tushdi. Oʻn ikki yoshimdan bichish-tik

20 Mar 12:54
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin