calendar 26 Jul 10:20
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda Nexia bilan to‘qnashgan Damas jarlikka quladi (video)

image

Surxondaryo viloyatida Damas avtomobili Nexia-3 avtomashinasi bilan to‘qnashdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 23 iyul kuni soat 11:00 atrofida Sariosiyo tumanining “Nilu” MFY hududidan o‘tgan 4R107 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 37 yoshli Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia-3 mashinasiga urilgan.

So‘ngra Damas jarlikka tushib ketib, ag‘darilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida uning 17 yoshli yo‘lovchisi tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida Nexia-3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli mashina yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 15:59
 
93
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi YTHda 74 yoshli haydovchi vafot etdi

Kecha, 26 iyun kuni Farg‘ona viloyatida “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisi Cobalt’ga urilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xabar berdi. Qayd etilishicha, soat 14:30 larda 1950 yilda tug‘ilgan haydovchi N.E. “Vaz-2106” rusumli avtomobilida 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 228-kilometrida qayrilib olish joyida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1987 yilda tug‘ilgan hayd

26 Jul 10:20
 
30
0
qalampir.uz

Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi

Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan. “Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 me

26 Jul 13:01
 
65
0
xs.uz

Fargʻonada 15 sutka “oʻtirib chiqqan” fuqaro 10,5 ming dollar aliment toʻladi

Bildirilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Margʻilon tumanlararo sudining 2015-yil 5-fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.N.dan undiruvchi N.M. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.Biroq ota oʻz farzandining moddiy taʼminotidan uzoq vaqt boʻyin tovlab kelgan. Shu bois, qarzdor fuqaroga nisbatan toʻplangan hujjatlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474'-moddasiga asosan Jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tumani sudiga yub

22 Jul 16:47
 
59
0
qalampir.uz

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 25–26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovlarini o‘tkazilish vaqti:  25 iyul kuni soat 15:00 da; 26 iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib: 1-smena soat 9:00 da; 2-smena soat 15:00 da boshlanadi. Akademik litseylar