calendar 27 Jul 15:59
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farg‘onadagi YTHda 74 yoshli haydovchi vafot etdi

image

Kecha, 26 iyun kuni Farg‘ona viloyatida “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisi Cobalt’ga urilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 14:30 larda 1950 yilda tug‘ilgan haydovchi N.E. “Vaz-2106” rusumli avtomobilida 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 228-kilometrida qayrilib olish joyida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi T.R.  boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobiliga yo‘l bermay qayrilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisi N.E. tan jarohati bilan Qo‘shtepa tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
26
0
qalampir.uz

10 yoshli qizini sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi

Toshkent viloyatida farzandini 2 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona 8 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, holat 2024 yil 29 mart kuni Qibray tumanida sodir bo‘lgan. 1989 yilda tug‘ilgan Z.A.ning 13 yoshli o‘g‘li va 10 yoshli qizi bo‘lgan. Turmushidan ajralgan ayol ijara asosida Chirchiq shahrida yashab kelgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol uyida 2014 yilda tug‘ilgan qiz farzandini 2 ming AQSH dollariga sotishga ke

26 Jul 10:20
 
30
0
qalampir.uz

Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi

Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan. “Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 me

26 Jul 13:01
 
65
0
xs.uz

Fargʻonada 15 sutka “oʻtirib chiqqan” fuqaro 10,5 ming dollar aliment toʻladi

Bildirilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Margʻilon tumanlararo sudining 2015-yil 5-fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.N.dan undiruvchi N.M. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.Biroq ota oʻz farzandining moddiy taʼminotidan uzoq vaqt boʻyin tovlab kelgan. Shu bois, qarzdor fuqaroga nisbatan toʻplangan hujjatlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474'-moddasiga asosan Jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tumani sudiga yub

22 Jul 16:47
 
59
0
qalampir.uz

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 25–26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovlarini o‘tkazilish vaqti:  25 iyul kuni soat 15:00 da; 26 iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib: 1-smena soat 9:00 da; 2-smena soat 15:00 da boshlanadi. Akademik litseylar